So’nggi yangiliklar

01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  1 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  8 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  32 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  8 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  150 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  19 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  2 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  6

"Germaniya o'z kuchiga yuqori baho beradi" - nemis jurnalisti Germaniyaning mundialdan qulashi haqida Yangiliklar

"Germaniya o'z kuchiga yuqori baho beradi" - nemis jurnalisti Germaniyaning mundialdan qulashi haqida

Teglar :  JCH-2018Germaniya
Germaniyaning "Süddeutsche Zeitung" nashri jurnalisti Yoxannes Aumyuller Rossiya telekanali "Match TV"ga nemis mashinasining muammolari nimada bo'lgani haqida batafsil gapirdi.

- Men musobaqa boshlanishi avvalidanoq Germaniya JCHga jiddiy tayyorlanmaganini sezgandim. Gap guruhda oson raqiblar tushganida ham emas. Germaniya terma jamoasida, murabbiylar, futbolchilarda bir uy bor edi: Hammasi juda oson o'tadi, guruhdan ortiqcha qiyinchiliksiz chiqamiz, degan ishonch. Mundialga chempionlik toji bilan gerdayib keldik. Mundialga tayyorgarlik jarayonida terma jamoa hech qanday kuchli raqiblar bilan o'ynamadi, ularni mag'lub etmadi. Aksincha, tushunarsiz o'yinlar orqali tayyorgarlik ko'rildi. Avstriyaga mag'lub bo'lindi va katta qiyinchilik evaziga Saudiya Arabistoni yutildi. Ammo bu o'yinlar ham nemis mashinasining o'ziga bo'lgan yuqori bahosini hecham pasaytirmadi.

Biz hozir terma jamoa ichida nima bo'lganini bilmaymiz. Ammo shunisi aniqki, JCH paytida hammasi joyida bo'lmagan. Oxirgi paytlarda O'zil va Gyundogan mojarosi juda ko'p muhokama qilindi. SHuningdek, terma jamoa ichida futbolchilar guruhlarga bo'lingani haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi. Umuman terma jamoa ichida muammolar va tayyorgarlik jarayonida xatoga yo'l qo'yildi.

Muammoni tarkib tanlash yoki birgina Sane bilan bog'lamagan bo'lardim. Leroy Sane hech qachon terma jamoa libosida yaxshi o'ynamagan. Futbolchilar orasida shunday toifa bo'ladi, klubda porlaydigan o'yinchilar terma jamoada o'zini ko'rsata olmaydi. Sane shunday toifa azosiga kiradi. Leroy terma jamoa futbolchisi hisoblanmagan. Terma jamoada etakchilikni qo'lga oladigan futbolchi topilmadi. Bu esa jiddiy savol. Mesut O'zil bilan hammasi malum. Xedira esa o'zining yorqin yillarini o'tkazib bo'ldi. Myullerga nima bo'lganini tushunmayapmiz. Etakchilar orasidan faqatgina Noyer avvalgidek o'ynadi. Faqatgina unga ortiqcha savollar yo'q!

Sanab o'tilgan futbolchilar terma jamoa yoshidan qarib qolgan degan fikrdan yiroqman. Aksincha, ular qarib qolishmagan, balki tajribali futbolchilarga aylanishgan. Faqatgina Xedira terma jamoadagi faoliyatini tugatishi mumkin. Qolganlar borasida bunday deyishga juda erta. Ular hali yana terma jamoada o'z imkoniyatlariga ega bo'lishadi. Lyov doim nemis mashinasiga sinovdan o'tgan va munosib futbolchilarni jalb qilgan. Bu yangilik emas. Avval esa uning shunday toifaga kiruvchi futbolchilari Lam, SHvayshtayger va Podolski bo'lgan. Lyovning bu ishongan futbolchilariga tayanishi esa doim ish bergan.

SHahboz Beg'amov maqolasi: "Rossiya yo'llarida buzilib qolgan - nemis mashinasi"

Endi nima bo'ladi? Yaqin 2-3 kun ichida barchasi malum bo'ladi. Lyov esa biroz o'ylab olishi kerakligini aytdi. Men ishonch bilan aytamanki, Lyov yakunda terma jamoada qolishga qaror qiladi. Men uning bu qarorni qabul qilishiga pul tikishim mumkin. CHunki Lyov ambiciyalarga to'la inson. Yogi o'tgan yili yozda bo'lib o'tgan Konfederaciyalar Kubogida ko'plab yoshlarni ko'rdi va Lyov bu yoshlarga yangi g'oya bera olishga qodir. O'ylashimcha, Germaniya Futbol Ittifoqi rahbariyati ham shunday fikrda.

JCH-2018da hech bir favorit jamoalar o'zlarini yaxshi taraflama ko'rsatishgani yo'q. Ammo ko'pchilik baribir pley-offga yo'llanma oldi. Germaniya esa uyga qaytishga majbur. Germaniya raqib darvozasi tomon juda ko'p marotaba zarbalar yo'lladi, ammo ularni golga aylantirish haqiqiy muammoga aylandi. Ammo jamoaning bu o'yini guruhdan chiqishga yaramasdi.

Bir muhim jihatni aytishim kerak, Germaniya futbolidagi eng katta muammo - biz o'zimizga juda yuqori baho beramiz. Germaniya o'zi o'ylaganchalik kuchli jamoa emas. Bu nafaqat terma jamoaga, balki ligalarga ham tegishli. Evrokuboklarda oxirgi yillarda faqatgina "Bavariya" muvaffaqiyat qozonyapti. Bundesligada oxirgi mavsumlardan xulosa qilsak, faqatgina ikkita jamoa futbol o'ynaydi - "Bavariya" va "Xoffenxaym". Qolgan jamoalar raqibdan kelib chiqqan holda futbol o'ynashadi. Asosan qarshi hujumga tayanishadi. Bu esa avvalgi Germaniya bormoqchi bo'layotgan yo'llarni yopishga xizmat qilmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика