Germaniya lageridan darak: 5 futbolchi jarohat olib yig'inni erta yakunladi
10 okt 2018 15:28
Yangiliklar
Germaniya lageridan darak: 5 futbolchi jarohat olib yig'inni erta yakunladi
Germaniya terma jamoasining bir yo'la 5 futbolchisi jarohatlari bois bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuborishadi.
Yoaxim Lyov yig'inga jalb etgan Marko Roys, Leon Gorecka, Kevin Trapp, Ryudiger va Xaverc jarohatlari tufayli nemis mashinasi lagerini tark etishgan.
Mazkur futbolchilarning o'rniga Lyov uch nafar futbolchilar Emre Jan, Serj Gnabri va Bernd Lenoni terma jamoa yig'iniga jalb etdi.
Mazkur futbolchilar Germaniya terma jamoasining bo'lajak uchrashuvlarida ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi dastlab Millatlar Ligasi doirasida Gollandiya bilan, keyinchalik o'rtoqlik o'yini doirasida amaldagi Jahon chempioni Franciya bilan kuch sinishadi.
Fikrlar