Germaniya chempionati ochilish uchrashuvi: "Bavariya" - "Gerta". Prevyu
16 avg 2019 16:26
Yangiliklar
"Bavariya" o'z tarixida 29-marta Germaniya chempioni bo'lgan kundan 90 kun o'tdi. Bugun kechqurun "Bavariya" "Gerta"ga qarshi o'yin bilan navbatdagi chempionlik sari harakatni boshlaydi. Takidlash kerakki, ketma-ket 7-marta ochilish uchrashuvi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.
"Vaziyat har yilda bo'lgani kabi bir xil, hech bir jamoaning qanday formada ekanligini bilib bo'lmaydi. Germaniya Kubogining birinchi raundi ko'plab jamoalarga oson kechmadi. Juma kungi o'yin ham biz uchun qiyin o'tadi, albatta biz mavsumning dastlabki o'yinida g'alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Kovach mavsumning ilk rasmiy o'yini oldidan.
"Rekordmaysterlar" bosh murabbiyi mavsumoldi o'yinlarini baholab bo'lmasligini takidlab o'tdi.
Manuel Noyer sardorligidagi jamoa besh haftalik mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng "yuqori motivaciya" his qilishi kutilmoqda. Bunda myunxenliklar chempionlik sovrinini himoya qilishadi.
"Biz rekord o'rnatdik. Ketma-ket 7-marta Germaniya chempionligiga erishdik va biz bu seriyani imkon qadar uzoqroq davom ettirmoqchimiz. Oldinda bizni "Gerta" bilan qiyin va qiziqarli bahs kutib turibdi", - deb aytib o'tdi Noyer.
Mixael Prec: "Biz "Bavariya" uchun muammo yaratayotgan kam sonli jamoalardanmiz"
"Gerta" bilan o'yin qiyin bo'lishi kutilmoqda. Hattoki, berlinliklar so'nggi bor 1977 yil "Bavariya" maydonida minimal 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsada, bugungi o'yin oson kechmasligi aniq. Bungacha "Gerta" ketma-ket 4ta o'yinda "rekordmaysterlar"ga yutqazmagan.
"Men so'nggi yillarda "Bavariya" uchun qaysi jamoa eng ko'p muammo yarata olganini bilmayman. Ammo biz ulardan biri ekanligimiz aniq", - deydi "Gerta" ijrochi direktori Mixael Prec.
"Bavariya" ochilish uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchramaydi
"Bavariya" 12-marta amaldagi chempion sifatida Bundesliganing dastlabki o'yinida maydonga tushadi. Ushbu o'yinlarda myunxenliklar mukammal statistika qayd etganlar: 11 uchrashuvning 10tasida g'alaba. To'plar nisbati esa 34:8 (!). Faqatgina 2008 yilda "Bavariya" "Gamburg" (2:2)ni yuta olmagan.
"Gerta"ning kuchli seriyasi
"Gerta" esa o'z tarixida ikkinchi bor ochilish uchrashuvida o'ynaydi (2002 yil. Dortmundning "Borussiya" klubi bilan 2:2). Berlinliklar 2013 yilda Bundesligaga qaytishgandan beri kuchli seriyani namoyish etishmoqda - 6ta o'yinning 5tasida g'alaba, bittasida durang. G'alabali seriya esa 4ta o'yinni tashkil etadi.
Levandovski yangi rekord ostonasida
To'purar Robert Levandovski ketma-ket 4 mavsumdan beri ochilish o'yinlarida gol urib kelmoqda. Bu esa SHtefan Kissling va Klas Yan-Xuntelarning rekordini takrorlashdir. Agar Levandovski "Gerta" bilan o'yinda gol ursa, bu yangi rekord bo'ladi.
"Bavariya": ketganlar va kelganlar
Kelganlar: Lukas Ernandes, Benjamen Pavar, Fite Arp, Ivan Perishich.
Ketganlar: Jonatan Mayer, Frank Riberi, Xames Rodriges, Rafinya, Mats Xummels, CHon U Yon, Aren Robben.
Bayern Munich Robert Lewandowski - 24', Robert Lewandowski - 60' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 00:35 2
:
2
Tugadi
|
Hertha Berlin Dodi Lukebakio - 36', Marko Grujic - 38' |
Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin
Bosh hakam: Harm Osmers
Fikrlar