Georgi Kvesieshvili "Andijon" safiga qo'shildi
28 fev 2015 11:56
Yangiliklar

Georgi Kvesieshvili "Andijon" safiga qo'shildi
“Andijon”ning Toshkentda olib borayotgan ikkinchi yig'ini bugun nihoyasiga etdi. Edgar Gess futbolchilarga qisqa muddatga dam berdi.
Kecha “Andijon” safiga yana bir yangi futbolchi qo'shildi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan gruziyalik futbolchi Georgi Kvesieshvili joriy mavsumni andijonliklar safida o'tkazishi mumkin.
1985 yilda tavallud topgan Kvesieshvili 2011 yildan beri yurtimizda faoliyat ko'rsatib kelmoqda. U dastlab “Buxoro” jamoasida keyinchalikda “Olmaliq”da to'p surdi. O'tgan mavsumda esa gruziyalik himoyachi birinchi davrani “Buxoro”da, ikkinchi davrani “Qizilqum” klublarida o'tkazdi. O'tgan yili u “Buxoro”da aynan Edgar Gessning qo'l ostida to'p surgandi. Kvesieshvili nafaqat himoyada, balki hujumlarga ham faol qo'shila oladigan futbolchidir. U o'tgan yili ikkinchi davrada “Qizilqum” safida 13ta uchrashuvda maydonga tushib 3ta gol urgan.
Kvesieshvili “Andijon”ning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
"Andijon" matbuot xizmati

Fikrlar