So’nggi yangiliklar

13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  0 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  0 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  1 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  11 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5

Genrix Mxitaryan Gamletga bergan vadasini bajardi Yangiliklar

Genrix Mxitaryan Gamletga bergan vadasini bajardi

Teglar :  Genrix Mxitaryan
U barchasiga o'z kuchi bilan erishdi va jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'la oldi.

Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, uning yo'li qiyinchiliklarga to'la edi. Otasi to'satdan vafot etadi va Genrix otasi izidan ketishga qaror qildi.

Mxitaryan otasi o'zini ham mashg'ulotga birga olib borishi uchun injiqlik qilib, eshik oldiga borib turib olardi, ammo hamma ishi besamar ketardi: "Hali vaqti emas, o'g'lim", - der edi otasi. Genrix futbol o'ynashni Erevanning oddiy maydonlarida boshlagan. U oddiy bolalar bilan o'ynardi va bir qarashda ulardan o'ziga xosligi bilan ham ajralib turmasdi.

U futbol o'ynashni yaxshi ko'rar hamda bir qobiqdan chiqib o'zini kashf qilishga harakat qilardi. U avval boshidan o'ta iqtidorli deb sanalmagan. Braziliyada u jismonan baquvvat emasligi va professional futbolchi bo'la olmasligini takidlashardi.

U hurmatga loyiq sovet futbolchisi Gamlet Mxitaryanning o'g'li edi. Ota-onasi zarur vaqtda farzandiga ko'maklashar hamda tarbiyasiga katta ahamiyat berishardi. Qolaversa, Doneckning "SHaxter" klubida o'ynashiga qaramay, Genrix yulduzlik kasaliga chalinmagan edi. Ayniqsa, o'sha paytlar mahalliy hamda Lotin amerikalik futbolchilar qimmatbaho mashinalar haydab, asosiy vaqtini tungi klublarda o'tkazardilar. Qaxramonimiz esa bundan mustasno bo'lgan.

Genrix mashg'ulotlardan keyin bazada qolar va o'sha erda yashardi. O'z vaqtida uni Doneckda baza direktori deb atashardi. Keyinchalik u ham o'ziga qiimatbaho mashina sotib oldi va Germaniya ko'chalari bo'ylab sayr qildi. Hozir esa Angliyada yashamoqda. Genrix tartibga amal qilish zarurligini yaxshi tushunar hamda haqiqiy professional futbolchi bo'lishga harakat qilardi.

U o'z mentaliteti, stereotiplarini o'zgartira oldi va eng asosiysi kuchiga ishondi, o'z ustida tinmay ishladi. Mxitaryan otasining o'limidan keyin o'ziga vada berdi - yuqori darajadagi futbolchi bo'lish va katta yutuqlarga erishish. "Otam hayotimdagi muhim inson edi. Men uni Franciyada o'ynaganini ko'rganman. Bolaligimda uning har bir mashg'ulotiga borgim kelardi. Bazi paytlar meni o'zi bilan olib borardi.

Ammo jiddiy shug'ullanishni boshlaganimda endigina 7 yoshga qadam qo'ygandim. Hozir ham otam uchun futbol o'ynayman", - deydi Genrix Mxitaryan. U "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dek top klublar safida o'ynashi — bu arman futbolchisi uchun ajoyib ko'rsatkich.

Armaniston termasi vakilining Germaniya yoki Angliya top klubiga o'tishi bu belgiyalik navbatdagi o'smir yigit yoki yarq etib ko'zga ko'ringan lotin amerikasi vakilining  "Benfika" yoki "Portu" orqali katta futbolga kirib kelishi emasdi. 

Mxitaryan "Pyunik"dan Londonning "Arsenal" klubiga qadar bosib o'tgan yo'li - bu buyuk jangchi tarixidir. "Professional" so'zini asl manoda tushunib, unga katta etibor bilan qaraydigan insonning hayot yo'li. Mxitaryan - nafaqat kichik bir xalqning g'ururiga sababchi inson, balki ko'chaga do'stlari bilan to'p tepish uchun chiqayotgan yosh bolakaylar uchun o'rnak hamdir. Bazi siyosiy muammolar tufayli o'tkazib yuborilgan (Mxitaryan katta ehtimol bilan Evropa Ligasi finaliga bormaydi) final uning ajoyib faoliyatini buza olmaydi. Ishonamizki, u hali o'z finalida aniqroq aytsak - finallarida maydonga tushadi.

Genrix Mxitaryan professional faoliyatidagi ikkinchi finalda maydonga tushish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. 

U tarkibida bunday yulduzlar kamdan-kam uchraydigan terma jamoa azosi. U millat qaxramoni. U bularning barchasiga tinimsiz mehnat, qatiyat va bergan vadasi tufayli erishdi. Hech bir inson hozir Genrix Mxitaryanning ichidan o'tayotganlarini his eta olmaydi. Uning (oilaviy) qarorini hech kim muhokama qila olmaydi. Sababi bugungi darajasiga etgunga qadar boshidan kechirganlarini hech birimiz o'zimizda his qilmaganmiz. Balki Mxitaryan mamlakat milliy terma jamoasi bilan katta natijalarga erisha olmas, lekin u o'z faoliyatidan mamnun bo'lishga to'liq haqli.  

U barchasiga o'z kuchi bilan erishdi va otasiga bergan so'zida tura oldi. Jahon futbolining yorqin bir vakili bo'la oldi va shu darajada bir necha yildan buyon to'p tepmoqda. O'tkazib yuborilgan Evropa Ligasi finali esa bir umrga uning xotirasi va qalbida qoladi.

Hech kim uni o'zichalik tushuna olmaydi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика