So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  2 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

“G'aybu” xotira turnirining ilk g'olibi Yangiliklar

“G'aybu” xotira turnirining ilk g'olibi

Mubolag'a emas, SHuhrat Vaisov butun umrini Xorazm vohasi sporti, xususan, futboliga bag'ishlagan insonlar sirasiga kiradi.

U qator yillar mobaynida viloyat xalq talimi boshqarmasi tizimidagi bolalar va o'smirlar sport maktablaridan biriga rahbarlik qildi. SHuningdek, 1995-1996 va 2005 yillar davomida “Xorazm”  futbol klubida jamoa boshlig'i vazifasida faoliyat yuritdi. Etiborli  tomoni, aynan, u jamoada ishlagan kezlari xorazmlik futbolchilar ikki marta, yani 1995 va 2005  yillarda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

SH.Vaisov BO'SMni boshqargan davrlarda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. SHerzod Ibodullaev, Azamat Jabborov, Mansur Qurbonov, Aleksandr Ejov, G'ayrat SHixov, aka-uka Umid va Jasur Tojimov singari tajribali “charm to'p” ustalari turli yillarda “Xorazm”ning asosiy tarkibida voha sharafini munosib himoya qilishgan. Keyinchalik, Umid  Tojimov Bekobod shahrining “Metallurg” jamoasida to'p tepib, muxlislar mehrini qozondi. Aleksandr Ejov esa bugungi kunda “Xorazm” jamoasining bosh murabbiyi. Futboldagi ilk saboqlarini mazkur sport maktabida olgan Ro'zimboy Ahmedov “Navbahor”ning, Sanat SHixov  “Buxoro”ning, Jamshid Iskanderov va Jaloliddin Masharipovlar esa “Paxtakor”  jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri hisoblanishadi. SH.Vaisov nafaqaga chiqqan  paytlari ham sport olamini tark etmadi. Uni musobaqalar uyushtirilayotgan joylarda tez-tez uchratish mumkin edi. Buning barobarida,  yosh mutaxassislarga maslahatlarini darig' tutmasdi. Futbol bo'yicha viloyat birinchiligi yani ikkinchi liga uchrashuvlarida nazoratchi bo'ldi.



... SH. Vaisov 67 yoshida yorug' olamdan ko'z yumdi. Endilikda, u boshlagan ezgu ishlarini shogirdlari davom ettirishayotir. Bugungi kunda ularning ko'pchiligi murabbiylikka qo'l urishgan, ustozdan olgan bilim va malakalarini yoshlar bilan baham ko'rishayotir.

Albatta, ustozning voha sportini rivojlantirish yo'lidagi fidoyi mehnatlari unutilgani yo'q. Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi  hamda  Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi   jamoasi xayrli ishga qo'l urdi.  “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, sportimiz jonkuyari  SHuhrat Vaisovning porloq xotirasiga bag'ishlab futbol bo'yicha SO'EAIBO'SM ochiq birinchiligini  tashkil etildi.  Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida o'tkazilgan mazkur  musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarining 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat 14 ta jamoasi g'oliblik uchun bahs yuritishdi.



Musobaqaning 3-o'rin uchun bo'lib o'tgan uchrashuvida viloyat markazining “Navro'z” va “Neftchi” jamoalari ro'para kelishdi. Ushbu o'yinda   Akbar Odamov ustozlik qilayotgan “Navro'z” jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa shohsupasining uchinchi pog'onasini egalladi. Hal qiluvchi bahsda “Yoshlik”(Urganch shahri, murabbiyi Ilyos Xayrov) va “G'aybu”(Urganch tumani, murabbiyi Odamboy Qurbonniyozov) jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltidan to'p tepish mashqini bajarishda G'aybu qishlog'ining “G'aybu” jamoasi yosh futbolchilar g'alaba qozonishdi(3:1) va  sport faxriysi  SHuhrat Vaisov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ilk turnir g'olibiga aylanishdi. Natijada, “Yoshlik” vakillari ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishdi.



- SHuhrat aka Vaisov haqiqatan, viloyatimiz sportining jonkuyarlaridan biri edi, - deydi musobaqa tashkilotchilaridan biri,   sport maktabining uslubchi-yo'riqchisi Anvar   Alimov. –  Uni doimo talabchan va tashabbuskor  rahbar sifatida ko'rganmiz va bilganmiz. Bir so'z bilan aytganda,  SHuhrat aka biz uchun ezozli inson edi. Ishonchim komilki, yakunlangan xotira turnirimiz u kishining ruhini shod etgan bo'lsa ajabmas. Bevosita musobaqa haqida to'xtalsam, qatnashchi jamoalar har bir uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelishganini namoyon etishdi. Final bellashuvida g'olib jamoa penalti orqali aniqlanganligi so'zimning isboti sanaladi. Nasib qilsa, ushbu xotira turnirimizni ananaga aylantirib, har yili o'tkazishni niyat qilganmiz. Zero, bunday musobaqalar yosh futbolchilarimizni katta futbolga yo'l olishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Musobaqaning yopilish marosimida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi   rahbarlari, SH. Vaisovning do'stlari, yaqinlari va farzandlari ishtirok etdilar. G'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi. SHuningdek, Dilshod Bekturdiev(darvozabon, “Yoshlik”), Navro'z Marimov(himoyachi, “Yoshlik”), Umidbek Baxtiyorov(yarim himoyachi, “G'aybu”), Javohir Otaboev(hujumchi, “Neftchi”), Anvar Karimov(hakam, Xonqa tumani), Odamboy Qurbonniyozov(murabbiy, “G'aybu”)lar turnirning “eng yaxshi”lari  sifatida etirof etildi.

               
Ikrom  XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика