Gavi kutilganidan tezroq safga qaytadigan ko'rinadi
07 iyu 2024 17:35
Yangiliklar
Gavi kutilganidan tezroq safga qaytadigan ko'rinadi
"Barselona" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Gavining tizzasidagi jiddiy jarohatidan keyingi tiklanish jarayoni kutilganidan yaxshiroq tempda ketmoqda.
Malum bo'lishicha, futbolchi mashg'ulot zalida shug'ullanishni boshlab yuborgan.
Gavi yugurish mashqlari, sakrash va kuchga yo'naltirilgan mashqlarni bajarayotgani aytilmoqda. Ko'pchilik, Gavining tizzasi dosh berayotgan og'irlik va tiklanish tezligidan hayratlanmoqda. Hozircha Gavi yangi mavsumning ilk rasmiy o'yiniga tiklanib ulguradimi yoki yo'q, degan savolga aniq javob yo'q. Ammo jamoadagilar kelajakka umid bilan qarashmoqda. SHunga qaramay, tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun har qanday tasir ko'rsatish niyatidan yiroqlar. "Barselona" uchun asosiysi Gavi 100% tayyor bo'lishi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar