Gattuzo “Yuve”ga qarshi bahs oldidan: “Pirlo bilan do'stmiz, ammo maydonda jang bo'ladi”
20 jan 2021 20:25
Yangiliklar
Gattuzo “Yuve”ga qarshi bahs oldidan: “Pirlo bilan do'stmiz, ammo maydonda jang bo'ladi”
Italiya Superkubogi 1/2 finalidan o'rin olgan bugungi “Yuventus” – “Napoli” bahsi oldidan Jennaro Gattuzo o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Yuventus”ga qon isini sezishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Mazkur jamoa 9 yildan beri Italiyada hukmronlik qilmoqda, ularda g'oliblik mentaliteti bor. “Inter” bilan bahsdagi mag'lubiyat? O'sha o'yin natijasi bugun hech qanday ahamiyatga ega emas.
Pirlo bilan qarama-qarshilik? Ajoyib do'stmiz va doimo birga yaxshi vaqt o'tkazganmiz. Futbolni tushunish borasida o'xshashmiz va o'yindan so'ng ham do'st bo'lib qolamiz, ammo maydonga jang bo'ladi”, deydi Gattuzo.
Fikrlar