So’nggi yangiliklar

12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  0 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  5 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  7 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  11 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  15 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  4 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  54 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2

Gattuzo "Milan"ga yangi taktika tayyorlamoqda Yangiliklar

Gattuzo "Milan"ga yangi taktika tayyorlamoqda

"Milan" Gattuzoning qo'l ostida o'sha biz bilgan darajasiga qayta oladimi?

Mavsum startiga bir hafta qolganida kalcho jurnalistlari TV-kanal ekranlarida deyarli to'xtovsiz futbol dunyosining mashhur manbaalariga tayangan holda "qizil-qoralar"ning hujumkor taktikasi-yu, o'yin chizgilari haqida fikr-mulohazalar berib borishdi. Bunga asosiy sabablardan biri, kutilmaganda Gonsalo Iguain "San-Siro"ga ko'chib o'tgani bo'ldi. Argentinalik forvardning Milanelloga safari uzoq cho'zilmadi va tifoziga umid bilan kutilgan gollar yomg'irini ham taqdim eta olmadi. Bu transferdan na klub, na futbolchining o'zi foyda oldi va qisqa vaqtdan so'ng, ularning yo'li ayrildi.

Jennaro Gattuzo hujumchinig mashhur nomi tufayli ham uni asosiy tarkibga qo'yaverdi, lekin Gonsalo oldinda bir o'zi barcha ishni hal qila olmayotgandi. Ammo unga yordam berish uchun maydonga tashlash mumkin bo'lgan futbolchilar ham Rino qo'l ostida deyarli yo'q edi. Bazan nimanidir o'zgartirish maqsadida klubning yosh tarbiyalanuvchisi, Primaveraning eks-bombardiri, A Seriyaning avvalgi mavsumida jamoaning hujumdagi asosiy quroliga aylangan Kutrone o'yinga qo'shildi. Qaysidir o'yinlarda, masalan, "Olimpiakos" bilan Evropa Ligasi doirasidagi uchrashuvlarda va Kubokda "Sampdoriya"ga qarshi bellashuvlarda bu o'z samarasini berdi.

Ammo Gonsalo va "Milan" sheflarining munosabati uzoqqa bormadi hamda Iguain "Stemford Bridj"ni zabt etish, eski tanishi Mauricio Sarrining obro'sini qutqarish uchun yo'l oldi.

Patrik Kutrone katta-katta orzular qilishga va liganing yangi yulduzlaridan biri bilan hujumdagi taqdiri haqida xayol sura boshlagandi. Lekin vaziyat ham, Gattuzoning taktika borasidagi qarashlari ham o'zgarmadi. Hujumda Kshishtofning bir o'zi tushaverdi. Jamoa o'yinining umumiy surati o'zgarmadi va hujumkor uchlikning yuqori nuqtasida Pyontek harakat qildi.

Italiyaning hurmatga loyiq ekspertlarining takidlashicha, yaqinda bo'lib o'tgan Milan derbisidan so'ng, endi taktika aniq o'zgaradi. Yodingizda bo'lsa, "Inter" bilan o'yinda jamoa klub prestiji uchun ham uchinchi golni urishlari va principial raqibga mag'lub bo'lmaslik uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi, lekin...  

Navbatdagi uchrashuvda Rino Gattuzo principlarini biroz o'zgartiradi va muxlislarning yodidan ko'tarilib ulgurgan jamoaning "4-3-1-2" o'yin sxemasiga qaytadi.

Ishonish qiyin-a? Biroq Sky taqdim etgan variantni o'rganib chiqsak. Ikki markaziy himoyachi, qanotlarda hujumga faol qo'shiladigan himoyachilar; markazda bog'lovchi vazifasini bajaruvchi opornik va ikki yarim himoyachi; pleymeyker ; ikki forvard.

Oxirgi o'yinlarda omadi chopmagan va harakatlari foydadan ko'ra, ziyoni ko'proq bo'lib, raqibning qarshi hujumlarini boshlab bergan Lukas Paketa yarim himoya va jamoaning muhim gollari o'rtasidagi "most" sifatida harakat qiladi. Paketa bunga qanchalik qodir va qisqa vaqt ichida taktikaga moslashib, jamoani ortidan ergashtira oladimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi. Lekin agar u o'ziga yuklatilgan vazifani uddalay olsa, oldingi chiziqda "Pistolero-Kutro" juftligi samarali harakat qila olishiga shubha yo'q. 

Yangi loyiha improvizaciyaga ko'proq tayanadi va asosan faqat autsayderlarga qarshi o'yinda natija keltirgan sodda o'yindan farq qiladi va braziliyacha "Futbol-arte"ga yaqinroq o'yin. Bu Lukasga ham "Flamengo"dagi davridan yaxshi tanish. Rioda "rossoneri"ning qishki transfer oynasidagi xaridi driblingchi va oxirgi pasni etkazib beruvchi futbolchi sifatida nom chiqargandi. Ammo A Seriyada raqiblar unga umuman vaqt qoldirishmayapti va nisbatan "qattiqroq" harakat qilib imkon qoldirishmayapti. Lekin endi u o'rgangan va yoqtiradigan taktikaga o'tilmoqda va Paketaning Italiyadagi faoliyatining o'ziga xos yangilanish bo'lishi kutilmoqda.

Qanotlarda Paketaga Xoqon va Temue Bakayoko yaqin harakat qilishadi. Tahminiy taktikada Paketa ortida joylashgan Lukas Bilya nafaqat "tozalovchi" vazifasini bajaradi, balki Xoqon va Temue Bakayokoga ko'maklashadi. 

Lekin agar Xoqon CHalxanoglu chapda va Bakayoko (yoki Frank Kesse) o'ngroqda markazga yaqin harakat qiladigan bo'lsa, qanot himoyachilariga juda katta xajmdagi ish yuklatiladi va bugungi "Milan"ning eng kuchli tomonlaridan biri - kuchli himoya chizig'ida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Buyog'iga "Milan" teng kurashlar ostida kechgan o'yinlarda g'alaba qozonishi emas, balki har qanday raqibga qarshi favorit sifatida, birinchi raqam ostida harakat qilib zafar quchishi talab qilinadi. Gattuzo va shogirdlari bunga qodirmi?

Oldinda "qizil-qoralar"ni ikkita "qaysar" raqib kutib turibdi. Va agar Marko Djampaolo "Sampdoriya"si o'zi ham ochiq futbol namoyish qilib, raqibga ham o'ynash imkonini bersa, murabbiyini o'zgartirgan "Udineze" "San-Siro"ga mehmonga kelib, "iblislar"ga ochiq futbol taklif qilishi mushkul vazifa. SHuningdek takidlash lozim, bu ikki jamoa ko'pincha raqibga qarab o'z tarkibini, taktikasini o'zgartirib turadi. "Yuventus" sobiq himoyachisi Igor Tudor "Udine"ga ustoz bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak. "Milan"ga qarshi o'yinda u natijaga erishish maqsadida uch nafar himoyachi yoniga yana bir futbolchi qo'shib qo'ysa ajab emas. Bundan kelib chiqadiki, eksperiment uchun qulay fursat etib keldi va Rikardo Rodrigesa, hamda Konti (Kalabria)ning vinger sifatida chiday olish yoki olmasligini, "Roma" bilan oradagi farq etarli bo'lgan bir vaqtda, Genuya va Milanda ortiqcha xavotirsiz sinab ko'rsa bo'ladi.

Rodriges bundesligada "Volfsburg" safida harakat qilgan vaqtlari bunday talabni bajargan va hujumga tez-tez qo'shilib turgan. Andrea Konti italiyan futbolida aynan ajoyib krosslari va o'ng qanotdan yorib kirishlari bilan nom qozongan. SHu sababli uni Bergamodan "San-Siro"ga taklif qilishgan. Gattuzo qo'l ostida urugvaylik Diego Laksalt ham bor. Lekin Diego himoyada doim ham ishonchli o'yin ko'rsatmaydi, bu borada klub tarbiyalanuvchisi Davide Kalabriyani etirof etish mumkin. 

Ammo bazi o'ylantirayotgan faktorlar mavjud: terma jamoalardan qaytgan futbolchilarning sport formasi, jismoniy va ruhiy holati. Pyontek va Kutrone hujumdagi vazifalarni qay tarzda bo'lishib oladi, hamda "Milan"ning uncha uzun bo'lmagan zaxira o'rindig'i.

Milliy termadan qaytadigan futbolchilar borasidagi savolga javob berishning iloji bo'lmasada, forvardlar masalasida fikr bildirish mumkin. Patrik raqib himoyachilariga to'xtovsiz bosim uyushtiruvchi, himoyachilar bilan kurashlarga kiruvchi, vaziyat bo'ldi deguncha darvoza tomon zarba beruvchi rolida bo'lsa, Kshishtof esa did bilan gol urish uchun qulay fursatni poylovchi "snayper" rolida gavdalanadi. Lekin zaruriyat tug'ilsa, 21 yoshli italiyalik va polshalikni kim almashtiradi? Bunday futbolchi umuman yo'qligi nafaqat muxlislarni tashvishga solmoqda.

Barchasi aynan shunday bo'lishi aniq emas albatta, lekin Jennaro Gattuzoning murabbiylik faoliyatidagi keskin burilish mavsumning aynan shu qismida, turnir jadvalidagi holat va navbatdagi raqiblar bunga imkon bergan pallada, yuz berishi kerak.

Hozirda "Milan" o'rtacha har o'yinda 1,6 gol urmoqda va tabiiyki, bu na Italiyadagilarni, va Evropa top chempionatlari ekspertlarini xayratga solmayapti. Yozgacha nimalar bo'lishi hech birimizga ayon emas, lekin yaqin transfer oynasi vaqtida "Milan" yaxshi hujumchi sotib olishi zarurligi bor gap.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика