Gattuzo “Jenoa”dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
07 fev 2021 09:55
Yangiliklar
Gattuzo “Jenoa”dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
“O'zim futbol o'ynaganman va hamma xato qilishi mumkinligini bilaman. Ammo vaziyatni o'nglash uchun vaqtimiz bo'lmayapti. CHunki har uch kunda maydonga tushishimizga to'g'ri kelmoqda. Darvozamiz oldida ikkita golli vaziyatni yaratilishiga o'zimiz sababchi bo'ldik. Yomon tomoni bitta xatoni ikki marta takrorladik.
Buni barataraf etish ustida ishlashimizga to'g'ri keladi. Bu biz mashg'ulot olib bormayotganimiz, balki o'yindan o'yinga tiklanish jarayonlarini o'tkazishimiz bilan bog'lik, deb o'ylayman. Ammo faqat “Napoli” bunday holatda emas. Barcha jamoalar ham biz kabi qisqa muddat ichida o'yinlar o'tkazishmoqda.
Albatta, raqamlar aldamaydi: biz bilan bog'liq bunday holat birinchi marta emas. Gol urish uchun ko'plab vaziyatlarni yaratayapmiz, ammo ulardan samarali foydalana olmayapmiz. Buning ustida jiddiy bosh qotirishimizga to'g'ri keladi”, deya Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar