Gasperini: “Atalanta” tarixga kirdi”
12 dek 2019 09:03
Yangiliklar


Gasperini: “Atalanta” tarixga kirdi”
“Atalanta” ustozi jamoasining ECHL pley-offiga chiqqanidan so'nggi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Uchinchi golgacha xotirjam bo'la olmadim. Ha, qiyin bo'ldi. Biroq taqdirdan qochib qutulib bo'lmaydi. Balki rostdan ham bizning pley-offga chiqishimiz taqdirdandir. Biz buni Bergamo shahri, muxlislar va Italiya futboli uchun qila olganimizdan baxtlimiz. O'zimizning o'yin uslubimiz Evropada muvaffaqqiyat keltira olishini isbotladik. Tarixga kirish uchun imkoniyat bor ekan, biz ishonishdan to'xtamadik. Bunday imkoniyatlardan esa foydalanib qolish kerak. Va biz buni qila oldik”, — deydi Gasperini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar