Garri Keyn muddatidan avval safga qaytdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2019, 17:16
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn kutilganidan avvalroq mashg'ulotlarga qaytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi 18 fevral kuni jarohat olganidan so'ng ilk marta jamoa bilan shug'ullandi. "Shporlar" shifokorlari Keyn 2 haftadan so'ng maydonga tushishini kutishgan edi.

Shunday qilib, Keyn Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasining 1/8 final javob o'yinida ishtirok etishi mumkin. Bahs 5 mart kuni o'tkaziladi. Birinchi uchrashuvda "shporlar" 3:0 hisobida g'alabaga erishgan edi.

Keyn joriy mavsum "Tottenxem" safida 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard