So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  0 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  15 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  7 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

G'aroyib tasodif va tug'ilgan kunga to'g'ri kelgan yoqimli etirof - SHomurodovning birinchi murabbiyi Beg'amov tuzgan reyting haqida Yangiliklar

G'aroyib tasodif va tug'ilgan kunga to'g'ri kelgan yoqimli etirof - SHomurodovning birinchi murabbiyi Beg'amov tuzgan reyting haqida

Xabaringiz bor, kecha O'zbekistonda futbol bo'yicha yil laureatlari etirof etildi.

O'FA va PFL o'tkazgan taqdirlash marosimida nominaciyalar qatorida "Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi" laureati sovrini "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga topshirildi.

Bugun esa saytimizda jurnalist SHahboz Beg'amovning o'z versiyaga ko'ra tuzgan reytingi elon qilindi. Etiborlisi, Beg'amov tuzgan reytingda "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" nominaciyasida "Mashal" akademiyasida faoliyat ko'rsatgan, ayni paytda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Eldor SHomurodovning birinchi murabbiyi Otajon Avazov etirof etilgan.

Mazkur reytingni o'tmishning afsonaviy futbolchisi, hozirda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Azamat Abduraimov o'zining "facebook"dagi sahifasida qo'llab-quvvatlab, Beg'amovning talqini bo'yicha berilgan reytingni post sifatida bo'lishdi. Mazkur post tagiga esa Beg'amov talqini bo'yicha eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb etirof etilgan Eldor SHomurodovning birinchi murabbiyi Otajon Avazov izoh, yani "komment" yozib, shunday degan: "Tug'ilgan kunimda bunday maqola... Juda xursandman. Hammaga rahmat!".


"Facebook"dagi Otajon Avazovning shaxsiy malumotlariga ko'ra, bugun rostan ham Eldor SHomurodovni katta futbolga olib kirgan murabbiy tavallud topgan kun ekan.

SHu munosabat bilan "championat.asia" ijodiy jamoasi hamda millionlab muxlislari nomidan Eldor SHomurodovdek istedodni o'zbek futboli uchun tarbiyalagan Otajon Avazovni muborakbod etamiz!


O'zbek futboli afsonasi — Mirjalol Qosimov qo'lidan Eldor SHomurodovning ustozi Otajon Avazov medal qabul qilmoqda


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика