Gari Kexillning yangi jamoasi malum bo'ldi
19 jan 2019 10:15
Yangiliklar
Gari Kexillning yangi jamoasi malum bo'ldi
"CHelsi" himoyachisi Gari Kexill qishki transferlar oynasi yopilguncha "Fulxem"ga o'tadi.
"Fulxem" 33 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olishgan. Ammo shartnomaning bandlari malum emas.
Oldinroq chempionship vakili "Aston Villa" futbolchini 4 million funt evaziga mavsum yakuniga qadar ijaraga olish borasida chiqqan taklifiga londonliklar rad javobini berishgandi.
Himoyachi bu mavsum APLda atigi 22 daqiqagina harakat qildi. 2019 yilning yozida u erkin agentga aylanadi.
22 turdan keyin "Fulxem" APL turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar