Gari Kexill: "Angliya terma jamoasi shunchaki o'z ishini qildi"
13 okt 2014 13:01
Yangiliklar


Gari Kexill: "Angliya terma jamoasi shunchaki o'z ishini qildi"
Angliya terma jamoasi himoyachisi Gari Kexill Evro2016 saralashi doirasida bo'lib o'tgan Estoniyaga qarshi o'yin haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Biz shunchaki chiqdik va o'z ishimizni qildik. Butun o'yin davomida maydonda ustunlik qildik. Ikkinchi bo'limda gol urishga rosa urindik. Boshqa o'yinda ko'proq gol urgan bo'lardik, ammo bu uchrashuvda juda ham bo'sh harakat qildik. Asosiysi, ko'p imkoniyatlar yaratdik va g'alaba qozondik. Raqib yaxshi o'yin namoyish etdi. Doimo ko'pchilik bo'lib himoyalanayotgan jamoaga qarshi o'ynash qiyin" - deydi Kexill.
Angliya terma jamoasi Ueyn Runining yagona goli tufayli Estoniyani mag'lubiyatga uchratdi.

Fikrlar