G'anisher Xolmurodov futbolni tugatishi mumkin
27 sen 2013 12:00
Yangiliklar
G'anisher Xolmurodov futbolni tugatishi mumkin
2011 yil Meksikada o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan G'anisher Xolmurodov ayni paytda futbol o'ynayotgani yo'q.
Malumki, kecha birinchi liganing navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Toshkentda “Istiqlol” mehmoni bo'lgan “Alanga” 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bu o'yinda kosonliklar darvozasini Javohir Ilyosov qo'riqladi. Qizig'i shundaki, mazkur bahsda “Alanga”ning zaxira darvozaboni yo'q edi.
Malum bo'lishicha, “Alanga” safida to'p surib kelgan qarshilik darvozabon G'anisher Xolmurodov klub rahbariyati va murabbiylar shtabiga bir yillik harbiy xizmatga ketayotganini malum qilgan va ketish uchun ruxsat so'ragan.
Bundan tashqari darvozabon harbiy xizmatdan qaytib kelgach, agar o'xshasa faoliyatini davom ettirishni, mabodo o'xshamay qolsa futbolni butkul tugatishini aytgan.

Fikrlar