So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

G'anisher Ismoilov "Navbahor"dagi vaziyat haqida Yangiliklar

G'anisher Ismoilov "Navbahor"dagi vaziyat haqida

Namanganning Navbahor jamoasi ham bugundan yig'inga kirishdi.
Klubdagi vaziyatni bilish maqsadida rahbariyatda bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, G'anisher Ismoilovga murojaat etganimizda quyidagilarni malum qildi.

- Rejamizga ko'ra, bugun futbolchilarni o'z bazamizda yig'dik. Ochig'ini aytganda, tarkib to'liq ko'rinishda emas. Buning sababi bor albatta. Kimdir kasal, yana ayrimlar turli malum sabablarga ko'ra, bugun jamoa ixtiyoriga etib kela olmagan. Mazkur yig'in 29 dekabarga qadar davom etadi. SHundan so'ng qisqa muddatli tatilga chiqib, keyin yana yanvarning tahminan 4 kunidan boshlab ikkinchi yig'inni boshlash ko'zda tutilmoqda.  

- Futbolchilar bilan joriy mavsum yakuniga bag'ishlab to'liq hisob kitob qilingani yo'q. Bu masala ayni paytda ijobiy tomonga hal etilmoqda. Nasib qilsa, shu oyning so'nggi kunlariga qadar barcha maoshlar beriladi.

- Tarkibga yangi futbolchilar qo'shilishi aniq. CHunki kelasi yilga raqobatni kuchaytirish uchun har bir chiziqqa futbolchilar taklif etiladi. Yuqorida aytib o'tganimdek, ayni paytda qarzdorliklar turibdi. Bunday paytda jamoaga yangi futbolchilarni taklif etish ham mantiqan to'g'ri kelmaydi. SHuning uchun yangi futbolchilar yanvar oyidagi yig'inimizga kelib qo'shilishi haqiqatga yaqinroq.

- Bugun yig'inning birinchi kuni bo'lganligi uchun futbolchilar bir mahal engil mashg'ulot o'tkazish bilan cheklandi. Ertadan boshlab ikki mahaldan shug'ullanishadi.

- Kelasi yil jamoa bosh murabbiyi kim bo'lishi ham tez kunlarda aniq bo'ladi. Ayni paytda No'mon Hasanov viloyat hokimi bilan bu borada suhbatlashib muzokara o'tkazmoqda. SHu tufayli mashg'ulotlarni hozircha Mustafo Bayramovning o'zi olib bormoqda", - deydi G'anisher Ismoilov "SA"ga bergan  intervyusida.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика