So’nggi yangiliklar

18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  0 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  4 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  12 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  31 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48

"Gamburg" Kalxanoglu va Lazoggani jamoada olib qolmoqchi Yangiliklar

"Gamburg" Kalxanoglu va Lazoggani jamoada olib qolmoqchi

"Gamburg" jamoasi sport direktori Oliver Kroycer klub erishayotgan muvaffaqiyatlarga ulkan hissa qo'shayotgan ikki etakchi Kalxanoglu va Lazoggalarni klub safida olib qolishga harakat qilmoqda.
"Biz Kalxanogluni hech bir jamoaga qo'yib yubormoqchi emasmiz. U "Gamburg"ning eng asosiy figuralaridan biriga aylana oldi va jamoamiz o'yinida katta ahamiyatga ega.

Bunday iqtidorli o'yinchimizni, albatta, jamoamiz safida olib qolishimiz shart. Biz unga yangi shartnoma taklif qilmoqchimiz. Bu ishni yangi yilda amalga oshirsak kerak", - deya Xakan Kalxanoglu haqida fikr bildirdi Kroycer.

19 yoshli iqtidor sohibining amaldagi shartnomasi 2016 yilga qadar davom etadi. Lekin turk futbolchisiga bir qator top klublardan takliflar kelib tushayotgan tufayli gamburgliklar Xakan bilan o'rtadagi shartnoma muddatini uzaytirishni istashmoqda.
 
"Gamburg" rahbariyati yana bir iqtidorli futbolchi Lazogga bilan ham hamkorlikni davom ettirish niyatida. Pier Mishel Lazogga bundesliganing birinchi davrasida to'qqiz bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi va ko'pchilikning etiborini o'ziga qarata oldi. Ammo u qonunan "Gerta" futbolchisi sanaladi. "Gamburg" Lazoggani yil oxiriga qadar ijaraga olgandi. 22 yoshli futbolchi ajoyib o'yin namoyish etayotgani bois "Gamburg" uni to'laligicha sotib olishni rejalashtirmoqda. Kroycerning aytishicha jamoa Lazogga bilan bu borada dastlabki suhbatni amalga oshirib bo'ldi. Voqealar buyog'iga qanday rivojlanishini esa vaqt ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика