Galliani: "Ibragimovich "Milan"da qolishi mumkin edi, ammo PSJdan ko'proq maosh to'lash qiyin"
17 dek 2014 11:44
Yangiliklar


Galliani: "Ibragimovich "Milan"da qolishi mumkin edi, ammo PSJdan ko'proq maosh to'lash qiyin"
"Milan" vice-prezidenti Adriano Galliani Zlatan Ibragimovich nega jamoani tark etib, PSJga o'tgani haqida gapirib berdi.
"Ibra faoliyatini bizning klubda yakunlashi mumkin edi. Muammo shundaki futbol stadionlari va telehuquqlar mablag'i hisobga olinadi, ammo hozirgi kunda bazi jamoalarda millioner rahbarlar paydo bo'ldi. Bu ko'p narsaga o'zgartirish kiritdi.
Ibragimovichni Qatar qirollik oilasiga tegishli bo'lgan jamoa xarid qildi. Afsuski bu bor haqiqat va barcha Italiyadagi iqtisodiy holatni biladi. Zlatan darajasidagi futbolchiga PSJ taklif qilgandan ko'proq maosh bera olmaymiz.
So'nggi yillarda barchasi o'zgarib ketdi" - deydi Galliani.
Eslatib o'tamiz, shved ikki yil davomida "Milan" safida 85 uchrashuvda maydonga tushib, 56ta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar