Galliani: "Donnarummani xarid qilish uchun "Real"ga yordam beryapman? Bu ahmoqlik"
14 iyu 2017 15:35
Yangiliklar
Galliani: "Donnarummani xarid qilish uchun "Real"ga yordam beryapman? Bu ahmoqlik"
"Milan" sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani "Real"ga "Milan" posboni Janluiji Donnarummani xarid qilish uchun yordam berayotgani borasidagi malumotni rad etdi.
18 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va dunyoning etakchi klublari uni xarid qilmoqchi.
Matbuotda "Real" prezidenti Florentino Peres va futbolchining agenti Mino Rayola Galliani tufayli uchrashgani haqida malumot paydo bo'ldi.
"Men 31 yil davomida "Milan" prezidenti bo'lganman va hozir o'zim ishlagan klub qiziqishlariga qarshi ish qilaman? Bu ahmoqlik" - deydi Galliani.
Fikrlar