So’nggi yangiliklar

16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  2 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1

⚡️ G'alati o'tayotgan Afrika Kubogi Yangiliklar

⚡️ G'alati o'tayotgan Afrika Kubogi

Teglar :  Afrika kubogi
Kamerundagi qita birinchiligi antiqa holatlarga boy bo'lmoqda, ulardan esda qolganlarni mazkur videomiz orqali yodga olib o'tamiz.


1. Gambiyaga qarshi o'yin oldidan tashkilotchilar Mavritaniya (0:1) madhiyasini topa olishmadi. Ular bunga uch marta urindi, ammo oxir oqibat futbolchilarning o'zi jonli tarzda madhiyani ijro etishlariga to'g'ri keldi.

2. Tunis – Mali (0:1) uchrashuvini boshqargan hakam yaxshigina qovun tushirdi. U avvaliga 86-daqiqada final xushtagini chaldi, keyin esa xato qilganini bilib jamoalarni maydonga qaytardi va asosiy vaqt tugashiga 11 sekund qolganida uchrashuvni yana yakunlashga qaror qildi.

3. Burkina Faso – Tunis (1:0) uchrashuvi oldidan o'tkazilishi kerak bo'lgan matbuot anjumaniga nomalum shaxs kirib, mikrofon va kabellarni yig'ishtirib olib chiqib ketdi. Keyinchalik tashkilotchilar barcha qurilmalarni ijaraga olgani va pullar vaqtida to'lanmagani tufayli shunday qilingani malum bo'ladi.

4. Malavi termasi ustozi musobaqa tashkilotchilari kichik darajadagi jamoalarga past nazar bilan qarayotgani va ularga ovqat etmay qolayotganidan shikoyat qildi.

5. Kamerun – Komor orollari (2:1) uchrashuvi esa alohida mavzu:

Komor orollarida o'yin oldidan kiperlar bilan bog'liq muommolar yuzaga kelgani tufayli darvozaga bo'yi 172 sm bo'lgan himoyachi turdi va u darvoza tomon yo'llangan 6 zarbadan 4 tasini qaytardi. SHuningdek, uning libosidagi raqamni skotch bilan o'zgartirishga to'g'ri keldi. O'yin davomidagi tiqilinchda esa bir necha kishi halok bo'lgani malum bo'ldi.

6. Gvineya – Zimbabve (1:2) uchrashuvini musobaqa tarixida ilk bor ayol hakam boshqardi va o'yin davomida u kartochkasini yo'qotib qo'ydi. Kartochkani topishda esa futbolchilardan biri unga yordam berdi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика