“Galatasaroy” himoyachisi ko'zidagi 11 operaciyadan so'ng ilk bor maydonga tushdi
22 fev 2022 09:00
Yangiliklar
“Galatasaroy” himoyachisi ko'zidagi 11 operaciyadan so'ng ilk bor maydonga tushdi
Turkiya chempionati 26-turida “Galatasaroy” 3:2 “Go'ztepa”ni mag'lub etdi.
Istanbulliklar himoyachisi Omar Al Abdullaui o'yinni ilk daqiqalardan boshladi. 30 yoshli norvegiyalik 2020 yil 26 dekabrda salyut qo'lida chaqnashi oqibatida ko'zidan jarohat olgandi. U hozirga qadar 11 ta operaciyani boshdan o'tkazdi va maxsus himoyalanuvchi ko'zoynaklarda o'ynashiga to'g'ri keldi.
Al Abdullaui “Man Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Galatasaroy”dan tashqari, “Stryomsgodset”, “Feyenoord”, “Ayntraxt” (Braunshveyg), “Olimpiakos” va “Xall Siti” safida o'ynagan.
Fikrlar