So’nggi yangiliklar

10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  0 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  11 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12

"Iordaniyalik muxlislar "Al Faysali"ning asosiy kuchi ekan" - Ro'ziqul Berdiev Yangiliklar

"Iordaniyalik muxlislar "Al Faysali"ning asosiy kuchi ekan" - Ro'ziqul Berdiev

Osiyo CHempionlar Ligasi "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan "Al Faysali" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun g'alabani ko'zlab maydonga tushgandik, bunga erishdik. Albatta, oson bo'lmadi. Ikkinchi taymning 20 daqiqasini yomon o'tkazdik.

Mezbonlar muxlislarini tushunib turibman. Ular o'z sevimlilari yutishini xohlashadi. Lekin alohida takidlash kerak, "Al Faysali" muxlislari jamoani astoydil qo'llab-quvvatlab, katta kuch berishdi. Ular jamoaning asosiy kuchi ekan. 

Boshida aytganimdek, biz faqat g'alaba uchun o'ynadik. "Al Faysali" durang uchun harakat qildi, deya olmayman. Biz g'alaba uchun oxirigacha kurashdik va maqsadimizga etdik. Zaxiradan tushganlar o'yinga yaxshi kirishib ketishdi. Bu almashtirishlar o'yinimizni kuchaytirdi. 

Jamoalarimiz keyingi bosqichga chiqishga qodir.

Yigitlarimiz OCHLda va ko'plab muxlislar oldida o'ynash tajribasiga ega. SHuning uchun birinchi bo'limda deyarli hayajon sezilgani yo'q", – dedi Berdiev.

"Nasaf" Iordaniya klubini 1:0 hisobida mag'lub etib, guruh etakchisi bo'lib oldi. "Ajdarlar"ning keyingi uchrashuvi Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi kechadi. Bahs 2 oktyabr kuni Qarshida bo'lib o'tadi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика