So’nggi yangiliklar

17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  0 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  1 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга ЕЧЛга чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  2 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  29 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0

G'ayrat Hasanov nima uchun “Neftchi”dan ketishga majbur bo'ldi? Yangiliklar

G'ayrat Hasanov nima uchun “Neftchi”dan ketishga majbur bo'ldi?

“Neftchi” jamoasi uchun bu yilgi mavsum ko'ngildagidek o'tmayotganini barcha ko'rib turibdi. Yil boshida va o'rtasida jamoada o'zgarishlar amalga oshirildi.
Faqat bizni hayron qoldirgan tomoni shu bo'ldiki, tajribali darvozabon G'ayrat Hasanov ikkinchi davra boshlanishi arafasida klubni tark etdi. Nima sababdan jamoa sardorining bunday yo'l tutganligi ko'plab savollarni keltirib chiqaryapti. SHu sababli G'ayrat bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Avvalambor xalqimizni mustaqillik, erkinlik, ozodlik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman, deb gap boshladi Hasanov.

- O'zingizga yarasha muxlislaringiz borligini yaxshi bilamiz. SHuni hisobga olganda, faoliyatingizdan rohat olyapsizmi?
- Futbolchi bo'lish mening maqsadim edi va buning uchun Xudoga shukur qilaman. Yoshligimda futbol maktabida tahsil oldim. Ota-onamning nasihatlariga amal qildim va ularning niyatlarini oqladim deb o'ylayman. Bir so'z bilan aytganda, faoliyatimdan qoniqyapman. CHunki futbol men uchun hali yakunlangani yo'q. 

- Ikkinchi davrada “Neftchi”da ko'rinmay qolganingizning sababi nima bilan bog'liq?
- “Neftchi”da ishlayotgan murabbiylar xohlagan futbolchini yordam beradi, xohlaganini yordam bera olmaydi deb qaror chiqarishlari mumkin. CHunki natija uchun ular javob berishadi, shu bois ham jamoa o'shalarga ishonib topshirilgan. Menga aytishdiki, “charchagansan, qolaversa klubga xalaqit beryapsan” deyishdi. Aytgan gaplarini hurmat qilgan holda “xo'p” deya jamoani tark etishga majbur bo'ldim.

- Nima uchun xalaqit qilyapman, nega ketishim kerak degan savollar paydo bo'lmadimi?
- Bunday savollar bo'ldi. Ammo ularga o'zimdan javob topishni xohlamadim. CHunki inson borki xato qiladi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Buning uchun sabr qilish kerak. Men bilan hamkorlik qilishni istashmagani bois tinchigina ketdim. Vaqti kelib jamoa natija ko'rsata olmasa, muxlislarning ishonchini oqlay olmasa ular ham o'z joyini bo'shatib qo'yadilar deb o'ylayman.

- Jamoa sardori sifatida harakat qildingiz va ayrim uchrashuvlarda eng yaxshi o'yinchi nomiga ham erishdingiz. Lekin “Neftchi”ni tark etish uchun qachon va qaysi vaziyatda xato qildim deb o'ylaysiz?
- Boya o'zingizga savollar berdingizmi deb so'radingiz-ku, nazarimda muxlislar meni yaxshi ko'rishadi. Hozirgi murabbiylarni bazida tushunmay qolaman. Ular xuddi futbolchilarning rolini o'ynashni istab qolishadi. Ammo futbolchining va murabbiyning yo'li boshqa. Futbolchi maydonga tushganida erkinroq va muxlislar uchun to'p surishi lozim. Murabbiy esa o'z fikri bilan ishqibozlarga yoqishga harakat qiladi. Balki ishqibozlarning menga bo'lgan ishonchi ortiqroqdir. 

- “Neftchi”ni tark etgach ikkinchi davrani boshqa jamoada boshlash imkoniyati qolmaganmidi?
- Agar bir oy oldin u erdan ketganimda boshqa klubga o'tish imkoniyatim paydo bo'lardi. CHunki bo'lib o'tgan ishlardan keyin inson 3-4 kun dam olishi hamda ruhiy tomondan ham o'ziga kelib olishi lozim. Meni esa ikkinchi davra boshlanishiga 3-4 kun qolganida ketkazishdi. Bunday vaziyatda biror-bir yo'lni tanlash qiyin. Bundan ko'ra dam olganim foydali deb hisobladim.

- Baribir faoliyatingizni davom ettirishingiz kerak-ku! SHu bois reja va maqsadlaringiz qanday?
- Farg'onada yangi stadion tamirdan chiqarilyapti. Yaqinda u erga “Neftchi”ning o'yinini ko'rish va olqishlash maqsadida 20 000 va undan ko'proq muxlislar yig'ilishadi. Tez orada Farg'onada chinakam futbol o'ynaydigan payt keladi. Bu erda yangi tarixni yozish lozim. Baribir “Neftchi”da to'p surish niyatim bor.

- Eronga ketishingiz haqida ham xabarlar paydo bo'ldi. Bu haqiqatga yaqinmi?
- Ha, shunday. Eronliklarga darvozabon zarur bo'lib qoldi va mening tezroq kelishimni istashdi. Ammo pasportimni hali yangilamagandim. SHuning uchun yangi pasportni qo'lga kiritishim biroz cho'zilib ketdi. Bundan tashqari o'zim ham ko'proq dam oldim. Jamoasizman va bir oydan beri futbol o'ynaganim yo'q. Nima bo'lganda ham bir o'zingiz mashg'ulot qilgandan ko'ra, jamoa bilan shug'ullanganingiz yaxshiroq.

- Faoliyatingizni Eronda davom ettirish niyatingiz bormi?
- U erga borishdan ko'ra ko'proq “Neftchi”da to'p surish maqsadim bor.

- Eronning qaysi klubi sizga qiziqish bildirgandi?
- To'g'risi, hali Eronga ketishim 100 foiz hal bo'lmaganligi bois qaysi jamoa ekanligi bilan unchalik qiziqmadim. Negaki, boya aytganimdek, pasportim bilan bog'liq muammoim bor edi. Ularga qachonki, yangi pasportimni olsam keyin qo'ng'iroq qilaman deganman. Lekin hozir ham yangi pasportga ega bo'lganim yo'q.

- Agar ishlaringiz hal bo'lsa, ularga qo'ng'iroq qilasizmi?
- To'g'risini aytadigan bo'lsam, shu erda qolmoqchiman. 31 yoshga to'ldim. Agar faoliyatimni yugurish holatiga qiyoslasam, 300 metr masofani bosib o'tdim, yana oxirgi 100 metr qoldi. SHu sababli hamma narsani puxta o'rganib shunga arziydigan qarorni qabul qilishim muhim. Men uchun arziydigan joy esa “Neftchi”. Bu erda futbol o'ynash men uchun yoqimli, mazza va qulay. Futbolda o'zim xohlagan natijalarga erishishim mumkin bo'lgan jamoa “Neftchi”dir. 

- Yana bu erga qaytishingizga ishonchingiz komilmi?
- Albatta. Hammaning o'ziga yarasha niyati bor. Ko'pchilik qaytishim tarafdori bo'lmoqda. Qachondir “Neftchi”ga qaytaman deb umid qilaman. Buning uchun yaxshi niyat qilishdan to'xtamayman.

- Sobiq jamoangizning o'yinlarini stadiondan kuzatyapsizmi?
- “Nasaf” bilan o'yinni stadionda tomosha qildim. Gap shundaki, ikkala jamoa ham men uchun qadrli hisoblanadi. “Neftchi”ni ham, “Nasaf”ni ham hurmat qilaman. SHu sababli do'stona ruhda uchrashuvni kuzatib bordim.

- “Neftchi”ning bu yilgi mavsumdagi imkoniyatlari xususida nimalarni ayta olasiz?
- Farg'ona futboli kerak bo'lsa ertagayoq “uyg'onib” ketishi mumkin. “Neftchi”da doim o'ziga nisbatan ishonch bor. Klub oxirgi o'rinlarda bo'lsa-da, bu erda to'p surayotgan hech bir futbolchi uyalmaydi. SHunday kunlar keladiki, jamoa yana sovrinlarni qo'lga kiritadi. Bunday muvaffaqiyatlarni Farg'ona xalqi sog'ingan. Mana shunday maqsad uchun o'ynasa arziydi. “Neftchi” doim grandlar qatorida bo'lgan. Afsuski, hozirgi jamoa autsayderlar bilan raqobatlashib yuribdi.  

- Baribir bu yilgi mavsumdagi imkoniyati haqida aniq javob bermadingiz. Sizningcha, klub nechanchi o'rinni egallashi mumkin?
- “Neftchi”ning 5-o'rinni qo'lga kiritishini istayman. Ammo jamoa uchun 10-o'rinni olish xavfi ham bor.

- “Neftchi”dan ketganingizni har kim turlicha qabul qildi. Xarakteringiz og'irroq ekanligi haqida ko'p gapiriladi...
- Bunday gap-so'zlarga to'g'ri munosabatda yondoshaman. Har doim to'g'ri so'z bo'lishga odatlanganman. Maydonda ham, maydondan tashqarida ham jamoa manfaati uchun kurashib kelganman. Har safar o'z fikrimni bildirishni xohlayman. Hamma narsani vaqt ko'rsatadi.

- Klubdan ketib afsuslanmadingizmi?
- Bunday jamoada emasligimdan afsusdaman. O'quv-yig'in paytlarida kuniga uch mahal shug'ullandim. Futbolchilar bilan 5-o'rin uchun kurashishimizni maslahatlashib olgandik. Kelasi mavsumda medallar sari intilishimiz uchun bu yil nimanidir isbotlashimiz lozim edi. Lekin o'ylagan ishlarimiz amalga oshmayapti. SHaxsan men kutgan narsalar bo'lmayapti.

- Endi mavsum oxirigacha bekor yurishga majbursizmi?

- Bekor yurmayman. SHifokor bilan gaplashdim, bo'sh vaqtlarimda sog'ligimni yana bir bor tekshirtirib olaman. Niyatim kelasi yilga har tomonlama tayyor holatda etib kelmoqchiman. Xudo sendan harakat, mendan barakat deydi. SHuningdek, farzandim bilan tarbiyasi bilan ham mashg'ul bo'lyapman. O'ylashimcha, keyingi mavsumdan saviya va shiddat yanada ortadi va futbolimizning mavqei bir pog'onaga ko'tariladi. CHempionatimizdagi murakkablik bundan-da ortadi deb o'ylayman. Ko'plab yangidan-yangi stadionlar barpo etilmoqda. Bu ham futbolimizning rivojlanishga katta turtki beradi.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика