So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

G'ayrat Hasanov: “Kapadze va Ismoilov bilan yana birga ishlashga yo'q demasdim” Yangiliklar

G'ayrat Hasanov: “Kapadze va Ismoilov bilan yana birga ishlashga yo'q demasdim”

Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi “Netfchi”, “Nasaf”, “Xorazm” klublaridagi o'yinlari bilan muxlislar suyuklisiga aylangan darvazabon G'ayrat Hasanovning hozirgi paytdagi holati bilan qiziqib muxlislar uchun qisqa intervyu oldik.
- G'ayrat aka ayni paytda nimalar bilan bandsiz?
- Hozirgi vaqtda Farg'ona davlat Universitetida Iqtisodiet fakultetida tahsil olyapman.

- O'tgan mavsum birinchi davra yakunlanganda so'ng nega boshqa jamoda ko'rinish bermadingiz?
- O'tgan mavsum “Netftchi”dan ketayotganimda transfer oynasi yakunlanishiga bor yo'g'i 2 kun qolgandi. O'sha paytda boshqa klublar bilan aloqaga chiqishga kech qolgandim.

- O'zi “Neftchi”dan ketishingizga nima sabab bo'lgan edi?
- “Neftchi”ning Farg'onadagi “Lokomotiv”ga qarshi o'ynidan so'ng jamoa boshliqlari bilan biroz chiqisha olmay qoldik. SHu voqeadan bir oz vaqt o'tib klubdan ketdim.

- Mavsum yakunlandi, hozirda har bir klubda selekciya ishlari boshlandi, oliy liganing ko'p klublarida darvozabon muammosi ko'zga tashlanmokda, bu klublarga “Navbahor”, “Andijon”, “Buxoro”. Siz va Sardor Qobuljonov “Neftchi”dan ketganlarindan so'ng bu muammo “Neftchi”da ham ko'zga tashlanmokda. Sizga qaysi klublardan taklif tushyapti?
- Oliy liganing ikki-uch klubidan taklif tushdi. Lekin ular bilan kelisha olmadik.

- Agar “Neftchi”dan taklif tushsa yana qaytgan bo'larmidingiz?
- Rostini aytsam menga taklif bildirgan klublarga o'tishni o'zim xohlamadim. Men aynan “Neftchi”dan chorlov bo'lishini kutayapman.

- Demak, faqat “Neftchi”ga qaytaman demoqchimisiz?
- Agar rahbarlar qaytishimi xohlashsa albatta qaytardim, axir Toxir Kapadze murabiyligi ostida “Cementchi” klubida futbolga kirib kelgan bo'lsam, Murod Ismoilov bilan “Cementchi”da birga to'p tepganman. Ushbu mutaxasislar bilan birga bir jamoada yana ishlagan bo'lardim. Hamma ham xato qiladi, mendan ham bir o'z xato o'tgan bo'lishi mumkin.


Akbarov Islomjon suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика