G'ayrat Hasanov: “Farg'onalik muxlislar oldida “qarzlarimiz” ko'payib ketmoqda”
28 may 2014 15:09
Yangiliklar
G'ayrat Hasanov: “Farg'onalik muxlislar oldida “qarzlarimiz” ko'payib ketmoqda”
Afsuski joriy mavsum “Neftchi” uchun omadsiz o'tmoqda. O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biri, omadsiz uchrashuvlardan so'ng turnir jadvalida pastki o'rinlardan joy egallab turibdi.
“Neftchi”ning muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan keyin jamoa sardori G'ayrat Hasanov bilan suhbatlashib omadsizliklar sababini bilishga qiziqdik. Suhbat davomida 31 yoshli posbon jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan hech kim qoniqmayotganini kuyunib gapirdi. Kelajakda hammasi yaxshi bo'lishiga ishonishini bildirdi.
“So'g'diyona”ga qarshi kechgan o'yin haqida
- Ochig'ini aytganda, o'tgan turda “So'g'diyona”ga qarshi o'yinimizda sira omad kelmadi. Tan olaman bu o'yinda xatoga yo'l qo'ydim. Keyin bundan o'zim juda afsuslandim va ich-ichimdan ranjidim. Vijdonan qiynaldim. Ishoning bunday xatoga yo'l qo'yishimni hech ham hayolimga keltirmagandim. SHu kuni birgina meni emas, balki butun jamoani omadi chopmadi. Futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Tarkib va boshqa jihatlar bo'yicha raqibdan ming kuchli bo'ling, lekin omad kelmasa barisi bekor. Zominda shunday bo'ldi deb o'ylayman. Mag'lubiyatda butun jamoaning aybi bor. ECHL finalida taniqli posbon Iker Kasilyas ham xatoga yo'l qo'ydi. Ispaniyalik darvozabon 17 yoshidan buyon katta futbol ichida. Evropa chempioni. Ko'plab yutuqlarga erishgan. Bunday nufuzli turnirlarda ko'p marotaba ishtirok etgan. Xalqaro tajribasi ham yuqori. Lekin shunga qaramay Kasilyas “Atletiko”ga qarshi bahsda xatoga yo'l qo'ydi. Ko'ryapsizmi bu dunyoda hech bir inson xatodan kafolatlanmagan. Lekin ushbu xatodan keyin Ikerning jamoadoshlari vaziyatni o'zlari uchun ijobiy tomonga o'zgartira olishdi va shundan so'ng Kasilyas bundan juda xursand bo'lib ketdi. Futbolda ko'p narsa bir kishiga bog'liq emas. Hammaning boshida bor xato qilish. Lekin undan to'g'ri xulosa chiqarib olish kerak.
Omadsiz kechayotgan mavsum to'g'risida
- Futbol shunday sport turi ekanki, unda bir nimaga erishish uchun yillar kerak bo'ladi. Xususan futbolchi bo'lishga bir yil mashg'ulot o'tkazishning o'zi kifoya qilmaydi. Yoki hakamlar misolida oladigan bo'lsak, ular ham futbolda avvalo ishini bolalar va o'smirlar futbolidan keyinchalik ikkinchi liga, birinchi liga hamda oliy ligada hakamlik qilishadi. Bunga yillar davomidagi mehnatlar orqali etishadi. Futbolchilarda ham huddi shunday. O'zingizga yaxshi malumki, “Neftchi” tarkibi bu yil yangitdan tashkil etildi. Jamoaga kelgan yigitlarning har biri turli xil harakterga ega va ularning ruhiyati ham har xil. SHu bois futbolchilar bir-birlari bilan to'liq tushunib ketishlari uchun ozgina vaqt kerak bo'lardi. Xudoga shukurki, mana hozirgi kunga kelib bu borada hammasi iziga tushmoqda. Futbol bu – bitta oila desak. Jamoa bu – bitta insondek gap ekan. Misol uchun bitta insonni jigari yoki yuragida og'riq bo'lsa, u inson semirib, to'lishib keta olmas ekan. Jamoa ham huddi shunday. Nasib qilsa “kasalliklar” bartaraf etilib, hammasi ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda.
Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar xususida
- Rahbariyatda katta tajribaga ega bo'lgan Tohir aka Kapadze ish boshladi. Mamlakatimiz futbolida o'ziga yarasha obro' etiborga ega bo'lgan mutaxassis shubhasiz Farg'ona futbolining barcha past-balandligini biladi. U kishi ish boshlagach, jamoadagi tashkiliy ishlar ham juda yaxshi olib borilmoqda. Qolaversa viloyatimiz hokimi ham jamoaga befarq emas. Bu bizning eng katta yutug'imizdir. Qayd etayotgan natijamiz bilan doimiy qiziqib borib, biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun u kishiga butun jamoa nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Murabbiylar shtabida Andrey Fyodorov bilan Sergey Lebedevdek taniqli va shu bilan birga o'z vaqtida “Neftchi” sharafini himoya qilganlarning ish boshlagani ham juda to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi. CHunki Fyodorovning xalqaro tajribasi katta. O'z vaqtida “Rubin”da Evropaning grand jamoalariga qarshi o'ynagan. Andrey Vitalevichning boy tajribasi tabiiyki endi “Neftchi”ga asqotishi aniq. Futbolning sir sinoatlarini juda yaxshi biladi. Fikrlari teran. Futbolga zamonaviy qarashi bor. Lebedev haqida ham faqat iliq fikrlarni bildirish mumkin. SHu o'rinda bosh murabbiy Murod aka Ismoilov to'g'risida ham to'xtalib o'tsam. O'zingizga yaxshi malum, bu murabbiy bir necha yillar davomida “Paxtakor”da ishladi. Katta tajriba orttirgan. Bunday mutaxassis bilan mana bu yil birga ishlayapmiz. Ko'pchilik muxlislar “Neftchi”ning salbiy natijalaridan keyin Ismoilovni haqorat qilmoqda. Bu noto'g'ri. CHunki bosh murabbiy jamoada bor mahoratini ishga solgan xolda mehnat qilmoqda. Muvaffaqiyatsiz yakunlangan bahslardan keyin birgina u kishiga hamma aybni ag'darish yarashmaydi. Yutsa jamoa yutadi. Mag'lubiyatga uchralganda esa bosh murabbiy yutqazadi deyishadi. Lekin shaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, bunda butun jamoani aybi bor.
Jamoadagi ichki muhit haqida
- Ichki muhit, ko'z tegmasin juda yaxshi. To'g'ri mavsum boshida har xil gap-so'zlar bo'ldi. Lekin bugungi kunga kelib jamoadagi barcha yigitlar bir-birlarini qanday harakterga ega ekanligini anglab olishdi. Ishonasizmi kimnidir hozir qanday muammosi bo'lsa, uni hal etish uchun chin dildan yordam beramiz. Hammamiz birga o'tirib suhbatlashyapmiz. Keyingi uchrashuvlarda ishqibozlarimizni nafaqat g'alaba bilan balki chiroyli va mazmunli o'yinlar bilan ham quvontirishni o'ylayapmiz. SHunga monand tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Asosiysi jamoamizning potenciali bor. SHu boisdan ham ikkinchi davrada hammasi bo'lishiga ishonaman.
Omadsizlar vaqtinchaligi haqida
- Hozirgi “Neftchi”ni men fasllarga qiyoslagan bo'lardim. SHunday aytish mumkinki, mavsum biz uchun xuddi kuz faslidek boshlandi. Keyinchalik qish bo'ldi. Mana asta-sekin bahor fasli kirib kelayotgandek. Men ishonamanki, bahor fasli kelganida hamma joy yam-yashil va chiroyli manzaraga aylanib qolganidek “Neftchi” jamoamiz ham huddi shunday bo'ladi. Ikkinchi davrada esa yoz fasli kabi hamma joyda pishiqchilik bo'lganidek, jamoamiz ham g'alabalar bilan ashaddiy ishqibozlarimizni xursand etadi degan umiddaman. Nasib qilsa ikkinchi davrani shahrimizda qad rostlagan yangi zamonaviy stadionda boshlaymiz. Unga qadar yanada kurashchan jamoani shakllantirib olamiz degan umiddaman. Hali hammasi oldinda. Hech nima yo'qotilgani yo'q. “Neftchi” o'z so'zini aytishiga ishonaman. Germaniyada nemis mashinasi deyishadiku, biz ham Farg'onada xuddi shunday kurashchan jamoa shakllantiramiz. O'z vaqtida OCHLda ishtirok etgan “Neftchi” yana xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ishonaman va shu bilan birga aytishim mumkinki, OCHL Kubogini yurtimizda birinchi bo'lib “Neftchi” qo'lga kiritadi deb umid qilaman. Avvalo mamlakatimizdagi boshqa klublarimizga ham bu borada omad tilaymiz. Yaxshi niyat yarim davlat deganlaridek, shunday niyat qilaman.
Muxlislar to'g'risida
- Dunyoda eng zo'r ishqibozlar Buyuk Britaniyada deb bilaman. “Neftchi”ni ishqibozlarini, umuman vodiylik futbol shinavandalarini men Angliyadagi fanatlarga o'xshataman.Jamoamizni ilgari yuqori o'rinlarda ko'rib o'rganib qolgan muxlislarimiz bugungi kunda ham bizni yolg'izlatib qo'ymayapti. Ular har bir uy o'yinlarimizga kelib, bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Buning uchun barcha futbolchilar nomidan ularga rahmat aytib qolaman. Aslida ham futbol avvalo muxlislar uchun. To'g'risi, salbiy natijalardan keyin har birimiz mahalliy ishqibozlarimiz oldida xijolat chekib yuribmiz. Boshqacha aytganda farg'onalik muxlislar oldida “qarzlarimiz” ko'payib ketmoqda. Keyingi uchrashuvlarda albatta ularni uzishga harakat qilamiz. Buning uchun bor kuchni ishga solamiz. Muxlislarimizni ishontirib ayta olamanki, hali hammasi oldinda! Hammamiz uchun yoqimsiz bo'lib turgan bunday paytda muxlislar ham bizni to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlab turishsa, biz esa ularni xursand qilish uchun astoydil o'ynasak, hammasi iziga tushadi va yana avvalgidek “Neftchi”ni yuqori o'rinlarga ko'taramiz.
Farg'ona futbolida bo'layotgan o'zgarishlar haqida
- Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoa rahbariyatida Tohir aka Kapadze ish boshlagach, tashkiliy ishlar ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Oylik maoshlarni o'z vaqtida olyapmiz. Faqat chiroyli o'yin ko'rsatib, ijobiy natija qayd etishimiz qoldi xolos. Viloyatimiz futbolida ham sezilarli darajada oldinga siljish kuzatilmoqda. Yangi stadionimizning o'zida futbol akademiyasi ishga tushiriladi. Farg'onada iqtidorli yigilar juda ham ko'p. Ularni to'g'ri tarbiya qilib, aniq ish dasturi asosida shug'ullantirib borish kerak. Yaqin yillar davomida Farg'ona futboli yana o'z so'zini aytadi. Asosiysi klubga ham haqiqiy futbol kishilari yig'ildi. Haqiqiy futbol havosi ufurib turibdi.

Fikrlar