Gabriel Xaynce: "Messi faoliyatini "Nyuells Old Boyz"da yakunlashiga ishonaman"
08 okt 2014 12:24
Yangiliklar


Gabriel Xaynce: "Messi faoliyatini "Nyuells Old Boyz"da yakunlashiga ishonaman"
"Nyuells Old Boyz" himoyachisi Gabriel Xayncening so'zlariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatining so'nggi yillarini Argentinada o'tkazadi.
"Messi faoliyatini "Nyuells Old Boyz"da yakunlaydi, bunga shubha qilmayman. U Argentinada biror boshqa klub futbolkasini kiyishini tasavvur qila olmayman. Futbolchilik davrini vatanida nihoyasiga etkazadi.
Men "Nyuells"ga qaytganimdan so'ng, qilayotgan xar bir ishim yosh futbolchilarga namuna bo'ladi deb hisoblayman. Bu faoliyatni tugatishni eng yaxshi yo'li" - deydi Xaynce.

Fikrlar