Fyoller: "Bayer"ni ham hurmat qila boshladilar"
21 dek 2013 15:57
Yangiliklar

Fyoller: "Bayer"ni ham hurmat qila boshladilar"
Leverkuzenning "Bayer" jamoasi sport direktori Rudi Fyoller jamoasining obro'-etibori borgan sayin orttib borayotganidan xursand ekanini bildirdi.
- Avvallari "Bayer" ga futbolchilar ko'proq yaxshigina summa umidida kelishar edi. Katta pul taklif qilmasdan futbolchilar olib kelish ancha qiyin kechardi. Asta-sekinlik bilan bo'lsa-da "Bayer" ni ham hurmat qila boshlashdi. Endi futbolchilar jamoamizga mablag' zarurligi uchun emas, balki "Bayer" ning kelajagiga ishonganlari tufayli tashrif buyurishmoqda.
Bunga yaqqol misol sifatida Yulian Brandtning transferini olishimiz mumkin. Butun Evropa Brandtni sotib olish niyatida edi. Lekin u bizni tanladi. Demak, "Bayer" ham o'z nufuziga ega, kelajagi bor jamoalar qatoriga qo'shilibdi, - dedi Fyoller.
Eslatib o'tamiz, Rudi Fyoller 2005 yildan buyon "Bayer" ning sport direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. "Dorishunoslar" jamoasi uning qo'l ostida asta-sekin avvalgi mavqeyini tiklab bormoqda.

Fikrlar