So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Futzal. Xose Mariya Mendez Tailand terma jamoasini tark etdi Yangiliklar

Futzal. Xose Mariya Mendez Tailand terma jamoasini tark etdi

SHu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Litvada futzal bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Unda Osiyo qitasidan qatnashadigan terma jamoalar orasida Tailand ham bor. Ushbu jamoani o'zbek futzaliga yaxshi tanish bo'lgan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Pazos Mendez boshqarib kelayotgandi. Mendez boshchiligida tailandliklar 20 va 25 may kunlari mundial yo'llanmasi uchun Osiyo qitasi pley-off o'yinlarida Iroq terma jamoasini ikkita bellashuvda ham yirik hisob (7:2 va 4:0)da taslim qilgan hamda Litvaga boradigan bo'lgandi.

Kecha Pazos Mendez Tailand terma jamoasi boshqaruvini tark etdi. Tailand va murabbiy o'rtasidagi shartnoma bekor qilingan.

Xose Mariyaning shaxsan o'zi "Championat.asia" saytiga Portugaliyaning "Benfika" klubiga ketayotganini malum qildi. Endi u futzalga Rikardinodek top o'yinchini etkazib bergan mamlakatning eng kuchli ikkita klubidan birini boshqaradi.

"Benfika" ortda qolgan mavsum Portugaliya chempionati finalidagi seriyada "Sporting"ga 3:1 hisobida (bunda final tomonlardan biri ("Sporting")ning uchta g'alabasiga qadar davom etgan) imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHundan so'ng, klub 18 iyun sanasida jamoani 7 yil davomida boshqarib kelgan Joel Rosha bilan xayrlashilganini elon qilgan edi. Mana endi "burgutlar"ni Pazos Mendez boshqaradi.

"Benfika" tarkibida Osiyo qitasidan ham o'yinchilar bor. Bular: eronlik to'purar Hussayn Toyibi va yaponiyalik Rafael Xenmi.


Malumot uchun, Mendez Tailand terma jamoasi boshqaruvida qolganida Litvadagi mundialda "C" guruhida Portugaliya, Marokash va Solomon orollari terma jamoalari bilan bellashgan bo'lardi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика