Futzal. U-20 Osiyo chempionatiga qura tashlandi
11 apr 2019 16:16
Yangiliklar


Futzal. U-20 Osiyo chempionatiga qura tashlandi
Bukgun OFK shtab-kvartirasida futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.
SHuni aytish lozim, ushbu musobaqa Eronning Tabriz shahrida tashkil etiladi va 14-23 iyun kunlari o'tkaziladi. Bu 20 yoshgacha futzalchilar o'rtasidagi ikkinchi musobaqa bo'ladi. Birinchisi 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Malumot uchun, ushbu turnirda O'zbekiston U-20 futzal terma jamoasi qatnashmaydi. CHunki yosh futzalchilarimiz o'tgan yil saralash bosqichidan o'ta olishmagan.
Quyida qura natijalarini keltirib o'tamiz:
"A" guruhi - Eron, Afg'oniston, Gonkong
"B" guruhi - Tailand, Livan, Qirg'iziston
"C" guruhi - Yaponiya, Vetnam, Tojikiston
"D" guruhi - Iroq, Indoneziya, Xitoy Taypeyi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar