Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston - yarim finalda!
22 may 2017 19:13
Yangiliklar
Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston - yarim finalda!
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistonga qarshi bahs o'tkazdi. Keskin o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 6:6 hisobi qayd etildi.
Qo'shimcha taymlarda esa vakillarimiz dastlab gol o'tkazib yuborishlariga qaramay yakunda 4:1 hisobida zafar quchib yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Umumiy hisob 10:7!
O'zbekiston yoshlari endi yarim finalda Iroq bilan bellashadi. Bugun Iroq Yaponiyani 1:0 hisobida taslim qildi. Ikkinchi yarim finalda esa Tailand va Eron o'zaro bellashishadi.
Yarim final o'yinlari 24 may kuni bo'lib o'tadi. O'zbekiston - Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start olsa, Tailand - Eron bahsi ikki soat oldin boshlanadi.
U-20 Osiyo chempionati
CHorak final, 22.05.2017
"Hua Mark Indoor Stadium", 17:00
O'zbekiston U-20 - Mo'g'uliston U-20 - 10:7
Gollar: X.Erkinov 10, A.Usmonov 10, 17, 47, 48, 49, 50, X.Nishonov 11, B.Rizaev 12, S.Mirsharofov 37 - A.Temujin 8, B.Battulga 9 (dabl penalti), E.Bat-Orgil 12, T.Ganzorig 16, 35, B.Rizaev 33 avtogol, Yesuhei 46.
Amalga oshirilmagan dabl penalti: B.Battulga 15
O'zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.SHohjahon SHonazarov, 3.Botirbek Rizaev, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.
Mo'g'uliston U-20 (birinchi beshlik): 14.Purevdorj Badamserejid, 4.Erdenebat Bat-Orgil, 7.Batbaatar Battulga, 10.Tsolmonbaatar Ganzorig, 11.Altansuh Temujin.
Zaxira: 1.Khishigbaatar Bilegdemberel, 2.Garambazar Banzragh, 3.Munzul Muntenker, 5.Bayansaihan Enhsaihan, 6.Erden-Undrah Battogtoh, 8.Bilguun Tsetsegma, 9.Yesuhei Oyunbileg, 12.Tuvshintug Uuganbayar, 13.Tsogt-ochir Jargaltuya.
CHetlatishlar: Husniddin Nishonov 15 - Erdenebat Bat-Orgil 22, Yesuhei 50



O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar