Futzal. Timur Sadirov: "Yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunayapmiz"
11 dek 2014 16:13
Yangiliklar

Futzal. Timur Sadirov: "Yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunayapmiz"
Samarqandda futzal bo'yicha XIX milliy chempionat 2-tur o'yinlari o'tkazilmoqda.
Toshkentning "Ardus" jamoasi dastlabki ikki uchrashuvda "Paxtakor" va "Kogon" jamoalarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishdi. Ana shu ikki o'yinda "Ardus" tarkibida uchta to'p kiritgan Timur Sadirovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Kechagi o'yinga keladigan bo'lsak, klubimiz har tomonlama yaxshi tayyorlangan edi. Yigitlar bilan murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik va shuning hisobiga ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik deb o'ylayman.
Bugungi o'yin esa kechagisiga qaraganda qiyinroq o'tdi, chunki "Kogon" noqulay raqib. lekin shunga qaramay, biz raqibni taslim eta oldik.
Ikkita uchrashuvda uchta to'p kiritganim jamoadoshlarimning mexnati deb hisoblayman, yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunib harakat qilayotganimiz evaziga gollar urdim", - deydi Timur Sadirov.

Fikrlar