So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  4 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак"  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

Futzal. Terma jamoa qanday yo'lni bosib o'tmoqda? Yangiliklar

Futzal. Terma jamoa qanday yo'lni bosib o'tmoqda?

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yaqinda Latviya poytaxti Rigada mezbon terma jamoa bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Ushbu o'yinlarda Bahodir Ahmedov shogirdlari 4:2 hamda 3:2 hisobidagi g'alabalarni qo'lga kiritishdi. Terma jamoamiz asosiy etiborni 2016 yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga qaratgan.

O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yili Vetnamning Ho SHi Min shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Xo'sh, asosiy jamoamiz o'sha qita birinchiligiga qanday hozirlik ko'rgan edi-yu, navbatdagisiga tayyorgarlik qay tarzda kechmoqda? Bu savolga qisman bo'lsada javob topishga urinib ko'ramiz.

Vetnam-2014

SHarqiy Osiyodagi musobaqaga qadar terma 19 va 20 aprel sanalarida Toshkentda Eron milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Forslar o'shanda jahon reytingida ettinchi o'rinda edilar. Garchi “Osiyo yo'lbarslari” bizni 6:1 va 6:2 hisobida ikkala bahsda ham mag'lub etishgan bo'lsada, bu o'yinlar biz uchun juda foydali edi. O'ttiztalikdan pastdagi jamoa bilan o'ynab yirik hisobda g'alaba qozongandan ko'ra, yutqazsak ham bizdan kuchlilar bilan o'ynab yurganimiz yaxshiroq.



Vetnamga yo'l olishdan avval terma so'nggi yig'inni Xitoyda o'tkazdi. 23-28 aprel kunlari bo'lib o'tgan yig'in davomida O'zbekiston Xitoy termasi bilan ikki marotaba nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Dastlabki bellashuv 1:1 hisobida yakun topgan bo'lsa, ikkinchi bahsda 1:0 hisobidagi g'alaba biz tomonda bo'ldi. SHundan so'ng terma jamoa to'g'ri Vetnamga yo'l oldi va yakunda bronza medallari bilan qaytishdi.

Osiyo chempionatidan keyingi yig'inlar

Osiyo chempionatidan keyin terma jamoa malum muddat yig'ilmadi, bunga ehtiyoj ham yo'q edi. Bu orada “Lokomotiv” klublar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi, 25-30 sentabrda “O'zbekiston” sport majmuasida Associaciya kubogi bo'lib o'tdi, bundan tashqari, 2014-2015 yilgi O'zbekiston chempionatiga ham start berildi.

2014 yilning 12-15 noyabr sanalarida terma jamoa BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazdi. Ushbu yig'in davomida BAA milliy terma jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi. Vakillarimiz har ikki bellashuvni ham o'z foydalariga hal etishdi (3:1, 3:0). 19 noyabrdan Toshkentda yig'in boshlandi. 10 kunlik yig'indan keyin terma jamoa poytaxtimiz mezbonlik qilgan “Tashkent Cup-2014” xalqaro turnirida qatnashdi. “Tashkent Cup-2014”da O'zbekistondan tashqari Qozog'iston, Ozarbayjon va Belarus terma jamoalari ham ishtirok etishdi. Har uchchala terma ham jahonda o'z o'rniga ega bo'lganlardan hisoblanadi. SHuning uchun ham turnir terma jamoaga yangi chaqirilayotgan o'yinchilar uchun juda ham foydali edi. To'g'ri, vakillarimiz bu turnirda g'olib bo'lishmadi, lekin undan olingan tajriba va mahorat hali terma jamoamizga asqotadi.



Milliy terma jamoamiz 7-8 fevral kunlari Latviya poytaxti Rigada Latviya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

SHunday qilib Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz Vetnam-2014 dan keyin 3 marotaba yig'in o'tkazdi. Har bir yig'indan so'ng kuchli termalar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Tarkibdagi o'zgarishlar

Vetnamdagi Osiyo chempionatida terma jamoa tarkibida Dilshod Raxmatov, Davron CHoriev, Davron Abdurahmonov, Azam Saidahmatov kabi yoshlar to'p tepishgan. Bulardan Raxmatov milliy termada anchagina o'yinlar o'tkazgan va uni yosh o'yinchilar qatoridan chiqarsak ham xato bo'lmaydi.

Demak, Bahodir Ahmedov tajribaga ko'proq ishongan.
Latviyaga qarshi parketga tushganlar orasida Ho SHi Minga borganlardan Umid Xolmatov, SHuhrat Tojiboev, Klim Tyugaev, Javlon Anorov, Dilshod Raxmatov, Andrey SHlema, Jasur Sodiqov kabi etti nafar o'yinchi yo'q edi. Bu degani yarim tarkib o'zgargan degani. Lekin tanganing boshqa tarafi ham bor, SH.Tojiboev hamda D.Raxmatov Xitoy chempionatida qatnashayotganliklari bois B.Ahmedov ularni bezovta qilishni istamadi, Andrey SHlema esa Qarshida bo'lib o'tgan 3-tur davomida sakkizinchi qovurg'asini sindirib olganligi sababli yig'inga chaqirilmadi. Ayni paytda terma jamoada Sarvar SHoahmedov, Alan Aminov, Eldor Hoshimov, Timur Sadirov, Akmal Xazratqulov, Ilhom Xamroev kabi yangi nomlar paydo bo'ldi. Bahodir Ahmedov terma jamoada avlodlar almashinuvini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Navbatdagi Osiyo chempionati 2016 yilning 9-21 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaga kim mezbonlik qilishi hozircha nomalum. Darvoqe, 2016 yilgi Osiyo chempionatini o'tkazish uchun AFKga O'zbekiston futbol federaciyasi ham ariza topshirgan. Agar AFK OCHni o'tkazish uchun O'zbekiston variantini maqul deb topsa, futzal ishqibozlari qita birinchiligi bellashuvlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu OCHning eng muhim jihati Jahon chempionatiga yo'llanma beradi. Futzal bo'yicha navbatdagi JCH 2016 yil Kolumbiyada bo'lib o'tadi.



Osiyo chempionatiga qadar bir qator yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Muhimi, terma jamoa uchun doim kuchli jamoalar bilan o'yinlar tashkil qilib kelinmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladilar deb umid qilamiz.

Tolibjon Qosimov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика