So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Futzal. "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston - Ozarbayjon 3:6 + FOTO Yangiliklar

Futzal. "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston - Ozarbayjon 3:6 + FOTO

"Tashkent Cup-2014" xalqaro turnirini yakunlab beruvchi o'yin.
Unda O'zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.


O'zbekiston - Ozarbayjon 3:6
Gollar
: D.Abduraxmonov 12, J.Anorov 17, K.Sviridov 17 - V.Borisov 4, 35, Amadeu 8, X.Bagxirov 23, E.Borjes 24, Fineo 38

O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov, 4.SHuxrat Tojiboev, 15.Javlon Anorov, 14.Konstantin Sviridov, 13.Timur Sadirov, 10.Davron CHoriev, 6.Davron Abdurahmonov, 3.Sarvar SHoaxmedov, 5.Alan Aminov, 7.Dilshod Raxmatov, 8.Farxod Abdumavlonov, 2.Dilshod Irsaliev, 9.Andrey SHlema, 11.Artur Yunusov.

Ozarbayjon: 1.Jiovanni Buranello, 8.Rizvan Farzaliev, 7.Rajab Farajzade, 11.Namid Mammadkarimov, 14.Vitaliy Borisov, 2.Samir Xamzaev, 4.Ramiz CHovdarov, 6.Borjes Eduardo, 9.Amadeu Da Silva, 10.Fineo De Aranjo, 12.Rovshan Xuseynli, 15.Xatai Bagxirov, 17.Isa Afaev.

Ogohlantirishlar: K.Sviridov 20 - R.Farzaliev 21



                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

38. Gol, yana bizning darvozaga, Fineo De Aranjo 3:6.

35. Gol, 3:5. Vitaliy Borisov jamoasining beshinchi golini kiritmoqda.

33. Farzalievning kuchli zarbasini Umarov burchakka chiqarib yubordi.

29. CHovdarovning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

28. Umarov jarimadan berilgan zarbani qaytardi.

24. Gol, 3:4. Bu safar Eduardo Borjes gol urmoqda.

24. Jiovannidan chiroyli seyv, u jamoasini goldan qutqardi.

23. Gol, 3:3. Bagxirov muvozanatni tiklamoqda.

22. Mammadkarimovning zarbasini Umarov ushlab oldi.

21. Hakamga etiroz bildirgani uchun raqiblar sardori Rizvan Farzaliev ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi, davom etamiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

20. Farajzadega nisbatan ishlatilgan fol uchun Sviridov ogohlantirildi.

18. Bahodir Ahmedov taym aut oldi.

18. Timur Sadirov ham tushirildi, bugun hammaga o'ynash uchun imkon berilmoqda.

17. Gooooooooooooooooolllllllllll, Konstantin Sviridovvvvvv 3:2. Nimalar bo'lmoqda parketda.... Darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Sviridov darvozaga "mixlab" qo'ydi.

17. Gooooooooooooooolllllll, Javlon Anorovvvv 2:2. SHoaxmedov - Abduraxmonov - Anorov kombinaciyasi Javlonning goli bilan yakun topdi.

15. Vakillarimiz ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirishmoqda.

Muxlislarimizga ham tasanno, tinimsiz qo'llab turishibdi.

14. Umarovdan navbatdagi seyv, prosta klass dermidi...

12. Ggggggggggoooooooooollllll, Davron Abduraxmonov 1:2. Sarvar SHoaxmedovning tovoni bilan bergan pasini Abduraxmonov golga aylantirdi.

10. Raxmatovdan chap oyoqda kuchli zarba ko'rdik, qiyshiq ketdi.

9. Yunusovning zarbasini darvoza to'sini qaytardi.

9. Rajab Farajzadedan akrobat uslubidagi zarba va noaniq. Bugun biznikilarga nimadir bo'ldi...

8. Afsuski, yana bizning darvozamizga gol urildi, Amadeu jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi 0:2.

7. Ayni paytda Ozarbayjon tarkibida parketda harakat qilayotganlarning to'rttasi asli braziliyaliklar

5. Artur Yunusov orqasi bilan turishiga qaramay zarba berdi, salgina noaniq.

4. Gol, 0:1. Vitaliy Borisov hisobni ochdi. Bu safar Umarov ham yordam bera olmadi.

3. Irsalievning aniq zarbasini raqib darvozaboni qaytarib yubordi.

3. Umarovdan chiroyli seyv.

Uchrashuv boshlandi, OLG'A O'ZBEKISTON!!!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика