So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Futzal. Tailand - Avstraliya uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Tailand - Avstraliya uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari

16 fevral kuni Osiyo chempionati chorak finalidan oldin 8ta jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi): Biz ushbu musobaqada hali yutqazmagan Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Ushbu jamoa bilan avval ham duch kelganmiz. Bir-birimizni imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz. Tushinib turibmiz, bizni qiyin bahs kutmoqda. Ertangi bo'ladigan bellashuvdagi rejamiz bitta - g'alaba qozonish. Kolumbiyada bo'lib o'tadigan mundial chiptasini qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Viktor Xermans (Tailand bosh murabbiyi): Hamkasbim aytgandek biz bitta mintaqadanmiz. SHu boisdan bir-birimizdan berkitadigan sirimiz yo'q. Avstraliya taslim bo'lmaydigan kuchli terma jamoa. Bu jamoadagi ko'plab mutaxassislar bilan do'stona aloqadamiz. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvdan keyin ham iliq munosabatlarni saqlab qolamiz. Bizning asosiy maqsadimiz JCHga yo'llanmasiga ega chiqish.

- Tailand terma jamoasidagi Supxavutni to'xtatib qolishni imkoniyati bormi?
Robert Varela: 
Biz Supxavutning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Lekin biz bir futzalchiga qarshi emas, butun jamoaga qarshi bahs yuritamiz. Futzalni bir o'yinchi o'ynamaydi. Biz butun jamoaga qarshilik ko'rsatishimiz lozim.

Viktor Xermans:  Supxavut haqida gapiradigan bo'lsam, albatta ushbu futzalchi jamoamizning etakchi azosi. kecha Vetnam unga juda katta etibor qaratdi va uni zararsizlantirishga harakat qilishdi. Biroq bizda Supxavutdan tashqari boshqa kuchli futzalchilar ham mavjud.
 
- Pley-off bosqichida penaltilar seriyasiga murojaat qilinishi mumkin. SHu boisdan bu narsaga jamoaga alohida tayyorgarlik ko'rdimi?
Robert Varela:
Biz imkon qadar penaltilar seriyasigacha bormaslikka harakat qilamiz. CHunki uchrashuv taqdirini o'yinda hal etishni istaymiz. Lekin penaltilar seriyasi ham futzalning bir qismi. Biz bunga tayyormiz.

Viktor Xermans: Raqib safida penaltilar seriyasida kimlar to'p tepishi va darvozaga kimlar turishini bilishni istardik. lekin bu qiyin ish. Lekin shunga qaramasdan bu borada ham tayyorgarlik olib boramiz.

- Tailand va Avstraliyadan biri mag'lub bo'ladi. Nima deb o'ylaysizlar aynan shu juftlikda mag'lub bo'lgan jamoa beshinchi yo'llanmaga ega bo'ladimi?
Viktor Xermans:
- Sportda g'olib va mag'lub bo'lishi aniq. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, bunga qanday erishamiz buning farqi yo'q.

Robert Varela: - Bu musobaqa Jahon chempionatiga chiqish uchun ikkita imkoniyat beradi. SHunday ekan nima uchun bu ikki imkoniyatdan biridan foydalanmasligimiz kerak?


SHahboz Beg'amov yozib oldi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика