So’nggi yangiliklar

17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  36

Futzal. Samarqand O'zbekiston kubogi "G'arb" mintaqasiga uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqda Yangiliklar

Futzal. Samarqand O'zbekiston kubogi "G'arb" mintaqasiga uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqda

Bugundan boshlab Samarqand shahridagi "FUTZAL" sport kompleksida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi "G'arb" mintaqasi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qilivchi Samarqand shahrida "G'arb" mintaqsidan chorak finalga uchta yo'llanma egalari aniqlanadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslarining dastlabki saralash uchrashuvlari ikki mintaqada bo'lib o'tib, unda "SHarq" va "G'arb"dan 8 ta chorak finalga yo'l olgan jamoalar nomi malum bo'ladi. "SHarq" mintaqasiga Toshkent shahri mezbonlik qilsa, Samarqand shahri "G'arb" mintaqasiga mezbonlik qiladi. YO'llanmalar esa "G'arb" mintaqasi uchun uchta, "SHarq" mintaqasi uchu beshta qilib belgilangan.

Bugun Samarqand viloyat futbol federaciyasida O'zbekiston kubogi saralash bahslari uchun qura tashlandi. Jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda yo'llanmalar uchun kurash olib boradi.

Qura natijasi bilan tanishing:

"A" guruhi

1. "Kogon" (Kogon shahri)
2. "Nasaf" (Qarshi shahri)
3. "SFK" (Samarqand Futzal Kompleksi) (Samarqand shahri)

"B" guruhi

1. "Do'stlik" (Qarshi shahri)
2. "Nafis" (Samarqand shahri)
3. "Samarqand" (Samarqand shahri)

Ushbu jamoalar o'zaro reyting bo'yicha bahslar olib boradi.

Birinchi.

"Nasaf" - "SFK"  jamoalari o'zaro bahs olib boradi va g'olib guruh peshqadamligi uchun "Kogon" bilan kurashadi.

"Nafis" - "Samarqand" jamoalari o'zaro bahs olib borishib, g'olib "Do'stlik"ka qarshi maydonga chiqdi.

Ikkinchi.

a. "Kogon" - Birinchi uchrashuv g'olibi  ("Nasaf"-"SFK" g'olibi)  o'zaro bahs olib borib g'olib O'zbekiston kubogi chorak finaliga yo'l oladi.

b. "Do'stlik" - Birinchi uchrashuv g'olibi ("Nafis" - "Samarqand" g'olibi) o'zaro bahs olib borishib yana bitta O'zbekiston kubogi yo'llanmasi egasi malum bo'ladi.

Uchinchi.

"a" va "b" guruhining mag'lub bo'lgan jamoalari o'zaro bahs olib borishib uchrashuv g'olibi "G'arb" mintaqasi uchun ajratilgan uchinchi yo'llanma egasiga aylanadi.

Uchrashuvlar 11-15 dekabr kunlarida bo'lib o'tadi va natijalar bilan tanishtirib boramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика