So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Futzal. JCH-2021. O'zbekiston tarixiy o'yinda Eron darvozasiga 8 ta to'p kiritib, musobaqadagi ishtirokini mardonavor ravishda yakunladi Yangiliklar

Futzal. JCH-2021. O'zbekiston tarixiy o'yinda Eron darvozasiga 8 ta to'p kiritib, musobaqadagi ishtirokini mardonavor ravishda yakunladi

Futzal bo'yicha Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Bosh hakam: Diego Molina (Kosta-Rika), 

Zaxira hakami: Gabor Kovash (Vengriya)

Ikkinchi hakam: Ondrey CHerni (CHexiya)

Uchrashuv komissari: Sergeyus Sliva (Litva)

Taymkiper: Gean Telles (Braziliya)

JCH-2021. Nimchorak final. 

O'zbekiston - Eron 8:9 

Gol: Husniddin Nishonov 9', 33', Dilshod Rahmatov 17', Ixtiyor Ropiev 18', Anasxon Rahmatov 27', 39', Ilhom Hamroev 30', 40' – Ali Hasanzoda 1', 22', 28', Mahdi Javid 5', 25', Said Ahmad Abbosi 16' 37', Farhod Tavakkoli 18', Muslim Oladgodbah 29'

O'zbekiston: 12. Ravshan Eliboev, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron CHoriev

Zaxira: 1. Rustam Umarov, 16. Abbos Elmurodov, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 5. Muzaffar Ahadjonov, 7. Dilshod Rahmatov, 11. Akbar Usmonov, 14. Xushnur Erkinov, 15. Sunnatilla Jo'raev

Eron: 2. Alirizo Samimi, 5. Hamid Ahmadi, 6. Muhammadrizo Sangsefidi, 7. Ali Hasanzoda, 9. Said Ahmad Abbosi

Zaxira:1. Safir Muhammadi, 3. Ahmad Ismoilpur, 4. Alirizo Rafeipur, 8. Muslim Oladgodbah, 11. Farhod Fahim, 12. Muhammad SHajari, 13. Farhod Tavakkoli, 14. Mahdi Javid, 15. Taha Nematian

Ogohlantirish: Anasxon Rahmatov (24)

Bahs yakuniga etdi. Tarixiy o'yin uchun rahmat, yigitlar! 

40. Davron CHorievga nisbatan qo'pollik ishlatilmadimi? Nahotki, penalti yo'q?! 

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ilhom Hamroev!  Yana bitta, yigitlar!  8:9!

39 . GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Anasxon Rahmatov eronliklar darvozasiga to'p kiritdi – 7:9!

38. Mahdi Javid darvozabonimizni aldadi, biroq bo'sh qolgan darvozaga yo'l topolmadi. 

38. Eron hujumga o'tdi. Tavakkoli to'pni qo'li bilan o'ynadi. 

37. GOL!  Said Ahmad Abbosi bo'sh qolgan darvoza tomon zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan o'rin egalladi – 6:9!

36. Ofarin!  O'ynovchi darvozabon Ilhom Hamroev jamoamiz joniga ora kirdi.  Eronning qarshi hujumi ortda qoldi.

34. Dilshod Rahmatov hujum chog'ida, to'pga etib boraman degan maqsadda "podkat" tashlab, oyog'idan bir oz lat edi. 

33. Zarbaaaa!  Davron CHorievning zarbasidan keyin to'p Samimiga tegib, parketdan chiqib ketdi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Husniddin Nishonovning chaq oyoqda yo'llagan zarbasidan keyin hisob o'zgardi – 6:8!

33. Zarba!  Ilhom Hamroevning pasidan keyin Husniddin Nishonov ketma-ket 2 ta zarba berdi, Samimi ikkisini ham qaytara oldi.

32. Mahdi Javidning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  O'ynovchi darvozabon sifatida harakatlanayotgan Ilhom Hamroev gol urdi – 5:8! 

29. GOL! Muslim Oladgodbah osonlik bilan darvozaga yo'l topdi – 4:8!

28. GOL!  Tajribali Ali Hasanzoda hisobni 4:7 ko'rinishag keltirdi! 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Rahmatovning zarbasi qaytarildi, qaytgan to'pga ega chiqqan Anasxon Rahmatov hisobni qisqartirdi – 4:7!  

27. Uuuux!  Eronlik futzalchining olis masofadan bo'sh darvozaga bergan zaobasi darvoza ustuniga tegdi. 

26. Ixtiyor Ropiev qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 

26. Abbos Elmurodov beshinchi o'yinchi sifatida oldinda harakat qilmoqda. 

25. GOL!  Himoyachilar tomonidan bo'sh qoldirilgan Mahdi Javid o'zining ikkinchi, jamoasining oltinchi golini urdi – 3:6! 

24. Anasxon Rahmatov raqibga nisbatan qo'pollik ishtadi va sariq kartochka oldi.

24. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan darvozabon Abbos Elmurodov noaniq pas uzatdi.  

22. GOL!  Himoyadagi qo'pol xatolikdan keyin Ali Hasanzoda darvozani ishg'ol qildi – 3:5!

22. Zarba! Oladgodbahning zarbasini Eliboev qaytardi. 

22. Zarba!  Ixtiyor Ropievning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. 

Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi! 

18. GOL!  Farhod Tavakkoli Eronning hujumini gol bilan yakunladi – 3:4!

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Ixtiyor Ropiev ajoyib kombinaciyani gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtirdi – 3:3! 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Rahmatov jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi orqali hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirdi! 

17. O'zbekiston termasi ustozi Bahodir Ahmedov "taym-aut" oldi. 

17. Farhod Tavakkolining birga-bir vaziyatdagi zarbasiga Ravshan Eliboev ega chiqdi. Ofarin! 

16. GOL!  Said Ahmad Abbosining erlatib yo'llagan zarbasi darvozamiz to'ridan o'rin oldi – 1:3! 

16. Zarbaaa!  Ravshan Eliboevning kuchli va aniq zarbasini Samimi qaytarishga erishdi, burchak to'pi.

15. Zarbaaa!  Dilshod Rahmatovning zarbasi darvoza ustuniga tegib, xavfli ko'rinish hosil qildi.

15. Hamid Ahmadi chap qanotdan oldinga intilib, zarba berishning uddasidan chiqdi. Eliboev o'z o'rnida! 

14. Sangsefidining darvoza tomon bergan zarbasini Husniddin Nishonov qaytarib qoldi.  

14. Ravshan Eliboev uzoqdan yo'llangan zarbani ushlab oldi. Barakalla!

12. Zarbaaaa!  Ixtiyor Ropievning zarbasini Samimi qaytardi, "aut". 

12. Mashrab Odilovning pasidan so'ng Dilshod Rahmatov yiqilgan holatda zarba berdi, zarba bir oz kuchsiz chiqdi. 

11. Eron xatolikka yo'l qo'ydi. Endi O'zbekiston hujumga kirishadi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Akbar Usmonovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga ega chiqqan Husniddin Nishonov hisobni qisqartirdi – 1:2!

9. Zarbaaaa!  Dilshod Rahmatovning zarbasini raqib posboni qaytardi. To'p yon chiziqdan o'yinga kiritiladi. 

7. Zarba!  Ali Hasanzodaning kuchli zarbasi aniq chiqmadi. 

6. Zarbaaaa!  O'zbekiston hujumga o'tdi. Ilhom Hamroevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

6. Takroriy lavha ko'rilmoqda. Farhod Fahim to'pni qo'li bilan o'ynagan ko'rinadi. Hakam penalti yo'q degan qarorga keldi. 

6. Zarba!  Akbar Usmonovning ketma-ket zarbalari himoyachilar tomonidan qaytarildi.  

5. GOL!  Farhod Fahimning burchakdan uzatgan to'pini Mahdi Javid kuchli zarbasi orqali darvozamizga joylab qo'ydi – 0:2! 

5. Zarba!  Ahmad Ismoilpurning zarbasini Eliboev qaytardi! 

5. Farhod Fahim to'pni yo'qotdi, Eliboev-Ropiev-Hamroev-Nishonov kobinaciya uyushtirishga urinishdi.   

4. Zarbaaaa!  Eliboevning uzatmasidan so'ng Akbar Usmonov akrobatik zarba yo'lladi!  Sal noaniq.  

2. Ali Hasanzoda va Mahdi Javid juftligi hujumda faollik ko'rsatmoqda, vakillarimiz himoyalanish bilan band.

2. O'zbekistonda hayojon sezilib qolmoqda. To'p nazorati eronliklarda. 

1. GOL!  Afsuski, O'zbekiston qarshi hujumda gol o'tkazdi. Ali Hasanzoda hisobni ochdi – 0:1!  Himoyada deyarli hech kim yo'q edi...


1. O'yin boshlandi!  Olg'a, O'zbekiston! 

- Bahs 19:30 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!  Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor JCH nimchorak finalida bahs olib boradi. Raqib – Eron. Mazkur o'yinni yaqin soatlarda siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +120   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика