Futzal. O'zbekiston MTJ O'zbekiston U-20 termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
03 avg 2023 14:44
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston MTJ O'zbekiston U-20 termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
O'zbekiston milliy va U-20 futzal terma jamoalari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.
Bugun ikki terma jamoa o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi. Qiziqarli o'tgan bahs yakunida milliy terma jamoaning qo'li baland keldi.
O'zbekiston TJ 7:3 O'zbekiston U-20
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 5 avgust kuni xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Finlyandiyaga jo'nab ketadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar