So’nggi yangiliklar

07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   8 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   0 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  383 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   1 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  29 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  2 22:33"Порту" уч йилга еврокубоклардан четлатилиши мумкин?!  0

Futzal. Osiyo kubogi-2022. O'zbekiston Bahraynni yirik hisobda engdi Yangiliklar

Futzal. Osiyo kubogi-2022. O'zbekiston Bahraynni yirik hisobda engdi

Bugun, 1 oktyabr kuni Futzal bo'yicha Osiyo kubogi-2022 ning 3-tur bahslariga start berildi.

Biroz avval biz joy olgan "B" guruhi doirasida ikki qo'shnimiz Tojikiston va Turkmaniston o'zaro ro'baro keldi. Unda 8:5 hisobida g'alaba qozongan tojiklar guruhda ikkinchi o'rin va pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. Tojikiston 2-o'rin bilan chorak finalga yo'l oldi

Bu xabarda esa siz O'zbekiston - Bahrayn o'yinidan matnli translyaciyani kuzatib bordingiz.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022

"B" guruhi

3-tur, 01.10.2022

O'zbekiston – Bahrayn 6:1

Kuvayt Siti, "Saad Al Abdulloh Hall" sport majmuasi. 16.00

Hakamlar: Issa Abdulhussayn (Kuvayt), Truong Quok Dung (Vetnam), Leung CHung Yin (Gonkong)

Taymkiper: Fahad Badir Alhosani (BAA)

Komissar: Richard Joson (Filippin)

Gollar: E.To'lqinov 6 (D.Rahmatov), A.Usmonov (E.To'lqinov) 20, (S.Jo'raev) 30, M.Odilov (I.Ropiev) 22, SH.Faxriddinov 26, H.Nishonov (E.To'lqinov) 27 - Ammar Hasan Ali 35

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1.Rustam Umarov (s), 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov.

Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev, 11.Akbar Usmonov, 13.SHahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.

Bahrayn (dastlabki beshlik): 13.Sayid Fadhel Radhi Majid Radhi Mahfuz, 4.Falah Abbos Isa Mahdi Ali Yusuf, 6.Ammar Hasan Ali Mayhad Ali, 8.Muhammad Radhi Muhammad Nosir Muhammad Al Sandi (s), 12.Salman Maula Bukxsh Hamza Haydar Muhammad.

Zaxira: 1.Yusuf Abdulla Muhammad Solih, 14.Sayid Muhammad Hamid Sabt Abbos, 2.Solih Ahmad Mukxallaf Sanjar, 3.Ahmed Muhammad Jasim Ali Muhammad Antar, 5.Hasan Ibrohim Ali Husayin Marzuq, 7.Ali Abdulla Jaafar Solih Al Alavani, 9.Muhammad Abdulla Ali Abdulaziz Abdulla, 10.Jassam Solih Hasan Mansur Anan, 11.Hamid Abdulla Abdulrahmon G'ulom Ali

Ogohlantirish: S.Muhammad Abbos 37


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi!

40 - Umarovvvv! Darvozabonimiz dabl penaltini qaytardi. 

36 - Zarbaaa, D.Ibragimovning zarbasini ustun qaytardi.

35 - Gol! Ammar Hasan Ali raqibning birinchi golini kiritdi.

34 - Raqiblar erkin zarbani ijro etishdi, S.Jo'raev darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi.

31 - Umarovdan chiroyli seyv!

30 - Gooooollll, Akbar Usmonovdan dubl!!! S.Jo'raevdan pas.

29 - Zarbaaa, Rustam Umarovdan super seyv!!!

27 - Goooollll, futzalcha gol!!! Elbekdan pas, H.Nishonovdan gol!!!!

26 - Gooooolll, SHaxram Faxriddinovvvv! Yosh o'yinchimizdan chiroyli va aniq zarba.

24 - Davlat Ibragimovning zarbasini kiper qaytardi.

22 - Gooooolll, Mashrabbb Odilovvvv!!!! M.Odilov va I.Ropiev raqib himoyasini yanchib tashlashdi.



Ikkinchi bo'lim boshlandi!


2-turda Tojikiston mag'lub etilgan OFK terma jamoamizni muddatidan oldin pley-offga chiqqani bilan o'zbek tilida tabriklagan edi.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

20 - Goooolll, Akbarrr Usmonoovvv!!!! Akbar bo'sh qolgan darvozani parketning narigi tomonidan nishonga oldi.

18 - A.Usmonovning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

18 - Umarov kuchli zarbani qaytardi.

18 - Zarbaaa, D.Rahmatovning kuchli zarbasini o'yinchi Sayid Fathel qaytarib qoldi va o'zi biroz jarohat oldi. Qattiq zarba nozik joyga tegdi.

17 - Zarbaa, Ammar Hasan Alining navbatdagi kuchli zarbasi Umaroq qo'riqlayotgan darvozaning ustuniga etgib qaytdi.

13 - Uhh, Ali Abdullaning kuchli zarbasiga yaxshi ham aniqlik etishmadi.

13 - Faqat sizlarmi dedik va biz ham Umarovni o'ynovchi kiperga aylantirdik.

12 - Raqib darvozaboni beshinchi o'yinchi bo'lib chiqmoqda.

9 - Bugun murabbiylarimiz har to'rtligimizda kamida bittadan yosh o'yinchini tushirishmoqda.

6 - Goooolll, Elbekkk To'lqinovvv!!! D.Rahmatovning pasidan keyin Elbek ikki raqibni ortda qoldirdi va kiperni ham dog'da qoldirdi. Barakalla!

4 - 30 soniya ichida SHaxram Faxriddinov hamda D.CHoriev ikkita kuchli va aniq zarba berishdi. Raqib darvozaboni o'z joyida.

3 - O'yindagi birinchi zarbani raqiblarimiz berishdi. Ammar Hasan Alining kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Uchrashuv boshlandi. Olg'a, O'zbekiston!

- Bugun sardorimiz Rustam Umarov o'yinni birinchi beshlikda boshlaydi. 

- Har ikkala davlat madhiyalari yangradi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика