Futzal. Osiyo chempionatiga qura 25 may kuni tashlanadi
21 may 2022 23:12
Yangiliklar


Futzal. Osiyo chempionatiga qura 25 may kuni tashlanadi
Bugun Malayziyada futzal bo'yicha Osiyo Kubogiga saralash o'yinlari yakuniga etadi.
Biroq ushbu mintaqadan final bosqichida ishtirok etadigan barcha uch ishtirokchining nomi aniq bo'lib ulgurgan: Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi.
Osiyo chempionati-2022ga qura tashlash marosimi 25 may kuni bo'lib o'tadi. Turnirning o'zi esa 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Quvaytda tashkillashtiriladi.
Ayni damga kelib, qura savatchalari shunday ko'rinish olgan:
1-savatcha
Quvayt
Eron
Yaponiya
O'zbekiston
2-savatcha
Iroq
Vetnam
Tailand
Livan
3-savatcha
Janubiy Koreya
Xitoy Taypeyi
Tojikiston
Bahrayn
4-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Ummon
Turkmaniston
O’xshash yangiliklar

Fikrlar