Futzal. "Nafis" - "Stroitel-Zarafshon" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikri
19 noy 2013 12:37
Yangiliklar

Futzal. "Nafis" - "Stroitel-Zarafshon" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikri
Bugun bo'lib o'tgan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 1-tur 2-bosqich dastlabki uchrashuvida "Nafis" - "Stroitel-Zarafshon" 1:4 hisobi qayd etildi.
O'yindan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Iskandar Mahmudov ("Stroitel-Zarafshon" jamoasi bosh murabbiyi): Bugun bizga omad kulib boqdi. Eng asosiysi biz mavsumdagi birinchi g'alabamizni qo'lga kiritdik va bundan mamnunmiz. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Albatta birinchi o'yin har bir jamoaga qiyinchilik to'g'diradi va shunga qaramay biz maqsadimizga erishdik. Bundan keyingi uch uchrashuvda ham g'alaba qozonsak jadvalda o'rnimizni yaxshilab olamiz
SHuhrat Husainov ("Nafis" jamoasi bosh murabbiyi): Birinchi o'rinda men bizda mag'lub bo'lishimizga qaramay qo'llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Zarafshon jamoasini esa tabriklayman. Jamoamiz deyarli barchasi yoshlardan iborat va biz ham biz yangi tarkibni shakllantirdik. Hali ko'p ishlashimiz kerak ekanligini angladik. Bitta jamoa tuzish uchun hali vaqt kerak va ko'proq maydonga tushishib amaliyotni oshirsak maqsadga etamiz.
Humoyun Davurov suhbatlashdi.

Fikrlar