Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "A" guruhidan BAA va Vetnam chempionlari chorak finalga chiqdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2017, 20:20
Bugun Vetnamda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur bellashuvlariga start berildi.


Musobaqaning "A" guruhida so'nggi tur o'yini bo'lib o'tdi. Bu guruhda oxirgi turdan keyin bir yo'la uchta jamoa bir xil 6 ochkodan jamg'ardi. Bunday holatda, musobaqa reglamentiga ko'ra, bir xil ochkoga ega jamoalarning o'zaro o'yinlardagi natijalari, keyin o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbati inobatga olinadi. Shu tariqa, Qirg'izistonning "Erem" klubi 6 ochko bilan uchinchi o'rin bilan cheklanishga majbur bo'ldi. BAAning "Al Dafra" klubi birinchi, Vetnamning "Tai Son Nam" jamoasi esa ikkinchi bo'ldi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
3-tur, 24.07.2016
"A" guruhi

"Vik Vipers" - "Erem" 0:1
Gol:
A.Kultaev

Ogohlantirishlar: Migel 38 - M.Alimov 40




"Tai Son Nam" - "Al Dafra" 2:0
Gollar:
H.Toyibi 8, 16

Ogohlantirishlar: P.Duk Hoa 13, L.Baptista 21


"A" guruhida turnir jadvalidagi yakuniy holat


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia