Futzal. JCH qurasida O'zbekiston nomidan Xose Mariya Mendez qatnashadi
19 may 2016 11:56
Yangiliklar
Futzal. JCH qurasida O'zbekiston nomidan Xose Mariya Mendez qatnashadi
Ertaga Toshkent vaqti bilan 04:00da mundialga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Aslida qura 19 may mahalliy vaqt bilan 18:00ga mo'ljallangan, lekin Kolumbiya vaqti bizdan 10 soat orqada ekanligi hisobiga, marosim Toshkent vaqti bilan 20 may 04:00da boshlanadi.
Dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi ishtirok etuvchi Jahon chempionatining qura tashlash marosimida O'zbekiston nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez qatnashadi. Janob Mendez tadbir tashkillashtiriladigan Medelin shahriga kecha Madrid orqali etib bordi.
Jahon chempionatiga chiqqan 24 terma jamoa:
Mezbon - Kolumbiya
Osiyo - Eron, O'zbekiston, Tailand, Vetnam, Avstraliya.
Janubiy Amerika - Argentina, Braziliya, Paragvay.
Okeaniya - Solomon orollari
Afrika - Misr, Marokash, Mozambik
SHimoliy Amerika - Kosta-Rika, Kuba, Guatemala, Panama
Evropa - Ozarbayjon, Italiya, Qozog'iston, Portugaliya, Rossiya, Ispaniya, Ukraina
Fikrlar