Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston Rossiyaga qarshi bahs olib boradi
15 sen 2021 10:50
Yangiliklar
Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston Rossiyaga qarshi bahs olib boradi
Bugun, 15 sentyabr, futzal bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi bahslari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun JCH guruh bosqich 2-tur doirasida Rossiya bilan o'ynaydi.
Xabaringiz bor, dastlabki turda termamiz Gvatemalaga 4:5 hisobida yutqazib qo'ygandi, rossiyaliklar esa Misr terma jamoasi darvozasiga javobsiz 9 ta to'p kiritishgan.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" majmuasida start oladi.
Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!
Fikrlar