So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

Futzal. Ixtiyor Ropiev: “Guruhimiz chakki emas” Yangiliklar

Futzal. Ixtiyor Ropiev: “Guruhimiz chakki emas”

Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Mundial oldidan terma jamoamiz azosi Ixtiyor Ropiev bilan suhbatlashdik.

- Jahon chempionatiga tayyorgarligimizni yaxshi olib bordik, - deya so'z boshladi Ropiev. Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev yordamida mashg'ulotlarimiz kuniga 2 mahaldan olib borilmoqda. Umuman olganda, O'FAga ham minnatdorchilik biliramiz. Ular tomonidan bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O'rtoqlik uchrashuvlarida ham Ispaniya, Argentina, Portugaliya singari kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynadik. Bu orqali o'yin amaliyotimizni yanada oshirib oldik.

- O'zbekiston futzal terma jamoasi “B” guruhida Gvatemala, Rossiya va Mirsga qarshi o'tkazadi. Guruhdagi imkoniyatlarimiz borasida nima deya olasiz?

- Guruhimiz chakki emas. Bu erda kim kamroq xato qilsa, o'sha tomon yutadi deb o'ylayman. Gvatemala bilan birinchi marotaba o'ynamoqdamiz. Ishonamanki, bu o'yinda g'alaba qozonishning uddasidan chiqa olamiz. Rossiya esa jahonning eng kuchli terma jamoasi hisoblanadi. Ularga qarshi munosib o'yin namoyish qilmoqchimiz. Misr bilan Tailandda bo'lgan musobaqada o'zaro o'ynaganmiz va ularni mag'lubiyatga uchrata olgan edik. Nima bo'lsa ham, har bir raqibni hurmat qilamiz va guruhda ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz.

- Bu galgi mundialda kim g'oliblik uchun asosiy favorit?

- Mening fikrimcha, Braziliya, Argentina, Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari g'oliblik uchun asosiy davogarlar hisoblanadi.

- Mazkur JCHni ko'plab skautlar kuzatishadi. Turnirdan so'ng sizga xorij klublaridan taklif tushsa, buni qabul qilarmidingiz?

- Bu har bir futzalchining orzusi hisoblanadi. Agar taklif bo'lsa, oilam va murabbiylarim bilan maslahatlashib, buni o'ylab ko'ramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика