So’nggi yangiliklar

15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  0 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  8 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  8 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  11 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1

Futzal. O'zbekiston Iroqni mag'lub etdi va bronza medallariga ega chiqdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Iroqni mag'lub etdi va bronza medallariga ega chiqdi

Teglar :  futzal
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining uchinchi o'rin uchun o'tkazilgan uchrashuvi yakunlandi.

Iroq - O'zbekiston 4:4 (1:2 pen.)

Gollar: CHoriev 3, Yunusov 26, 39, Hamroev 28.

O'zbekiston (asosiy tarkib): 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.

Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron CHoriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod SHavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov


Iroq: 3-penalti. YANA HAZRATQULOVDAN SEYV va O'zbekiston bronza medali sohibiga aylandi! QOYIL!

O'zbekiston: 3-penalti. Sviridov - GOL!

Iroq: 2-penalti. Hasan - Hazratqulovdan SEYV!!!

O'zbekiston: 2-penalti. Nishonov - to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. -

Iroq: 1-penalti. Holid - Gol.

O'zbekiston: 1-penalti. Abdurahmonov - GOL!


Asosiy vaqt yakunlandi. Navbat ekstra taymlarga. Yo'q, penaltilar seriyasi ekan. 

40. 12 soniya vaqt qoldi. Burchak zarbasi... ZARBAAAAA! Yunusovning zarbasiga aniqlik etishmadi, yana burchak to'pi...

40. 6-fol. Iroq darvozasiga dabl penalti... Sviridovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

39. GOOOOOOOOOLLLLLLLL! YUNUSOOOVVV! 5 kishilik jamoa tezda gol urishga erishdi.

38. Rustam Umarov o'rniga o'ynovchi darvozabon tushirildi.

37. Raqib darvozaboniga nisbatan qoida buzilgan ko'rinadi. Posbon jarohat oldi.

35. Gol. Jarima zarbasidan berilgan zarba darvoza ustuniga tegib, to'rga kirib ketdi. Gol muallifi Hasan Dahil. 

35. Anasxon Rahmatov qoida buzdi. Iroqliklar taymaut olishdi. 1 daqiqalik tanaffus.

33. Nishonov maydon markazida to'pni egallab oldi, raqib uni chalishga urindi, biroq Nishonov na yiqildi va na vaziyatdan unumli foydalandi.

33. Burchakdan o'yinga kiritilgan to'p darvozaga yo'llandi, Umarov xavfni bartaraf etdi.

32. Iroq terma jamoasi futzalchisi o'z jamoasining 5-folini amalga oshirdi. Yana bitta kerak.

30. Iroqliklar 4 marta qoida buzishdi. Agar bu yana 2 bor takrorlansa futzalchilarimiz dabl penalti tepish huquqiga ega bo'lishadi.

28. GOOOOOLLL! Hamroev hisobni tenglashtirdi. CHoriev va Hamroev darvozabon bilan 2ga 1 qolishdi va Davron zarba bermasdan, to'pni jamoadoshiga oshirdi. Hamroev esa zarbada adashmadi. 3:3

27. Hamroeeeeev! Futzalchimiz raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi, ammo to'pni o'ziga o'nglab olishda xatoga yo'l qo'ydi va golli vaziyat yo'qqa chiqdi.

26. GOOOOOLLL! Yunusov burchakdan uzatilgan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi, yana ikkita gol kerak. 

25. Iroq terma jamoasining hujumlari ko'payib bormoqda, Rustam Umarov o'z mahoratini ishga solib, imkoni boricha davrozasini qo'riqlamoqda.

23. Gol. Iroqliklar yana gol urishdi. Salim Faysalbergan zarba darvozaning ikki ustuniga tegdi, ammo chiziqni kesib o'tmadi, hakamlar esa buni gol deb hisoblashdi. Afsus!

21. Gol. Volid Holidning goli tufayli Iroq 2:1 hisobida oldingan chiqib oldi. Burchakdan uzatilgan to'pga Holid zarba berdi va darvozamiz ishg'ol qilindi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz.


TANAFFUS

20. Birinchi bo'limning so'nggi soniyalarida ochiq o'yin guvoh bo'ldik. Ketma-ket qarshi hujumlar, biroq ikkala jamoa ham so'nggi zarbani muvaffaqiyatsiz amalga oshirishmoqda.

19. CHoriev endi xatoga yo'l qo'ydi, Rustam Umarov raqib zarbasini qaytarib, jamoadoshlariga etiroz bildirdi.

18. Iroqliklar o'yinni kuchaytirishdi. Raqib pressing orqali futzalchilarimizni xato qilishga majburlashmoqchi.

16. Rahmatovda xatosini to'g'irlab, gol urish uchun imkoniyat bo'lgan edi, ammo zarbadan so'ng to'p darvozabon qo'liga borib tushdi.

15. Gol... Rahmatov himoyada to'pni raqibga oldirib qo'ydi va 6-raqamli iroqlik darvozamizni ishg'ol qildi. 1:1

14. Jamoamizda to'rtlik o'zgardi, dam olishga ulgurgan futzalchilarimiz endi maydonda faollashishadi.

13. Iroqliklar taymautdan so'ng biroz jonlangandek bo'lishdi va xatto golga tortuvchi vaziyat ham yaratishdi, ammo hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

12. Ajoyib kombinaciya. Yon chiziqdan o'ynalgan to'pni qabul qilmoqchi bo'lgan futzalchimiz uni jamoadoshiga o'tkazib yubordi, Abdurahmonovning zarbasi esa darvoza ustidan o'tib ketdi.

11. Hozircha iroqliklar safida faqat darvozabon faol. U jamoamizning bir nechta aniq zarbasini bir amallab qaytarib qolmoqda.

10. Zarbaaa! Dilshod Rahmatovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi. Hisob 0:2ga etishi mumkin edi.

7. Futzalchilarimiz asosan uzoqdan zarba berib, raqib darvozaboniga qiyinchilik tug'dirishmoqda.

6. ZARBAAA! Yunusovning maydon markazidan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

5. Hamroev hujumda to'pni qabul qila olmadi, shu sababli u darvoza tomon zarba bera olmadi.

4. Yigitlarimiz ancha ishonchli o'yin ko'rsatishmoqda. Raqiblarimizning hujumi qovushmayapti.

3. GOOOLLLL! Davron CHoriev hisobni ochdi! Barakalla azamat! Aka-ukalar amalga oshirgan hujum muvaffaqiyatli yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика