So’nggi yangiliklar

18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  73 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  13 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14

Futzal. Ikkinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi Yangiliklar

Futzal. Ikkinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi

Kecha futzal bo'yicha XIX milliy chempionatimizning birinchi tur, ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazildi.
Biz esa odatga ko'ra, kechagi kunning eng, eng, englarini tanlab chiqdik.

Eng keskin o'yin: “Kogon” – “Bunyodkor” 2:1

Ketma-ket ikkinchi kundirki “Bunyodkor” ishtirokidagi bahs eng keskin o'yin bo'lmoqda. Garchi, darvozalarga uchtagina to'p kiritilgan bo'lsada, o'yin jihatidan juda ham keskin bellashuvga guvoh bo'ldik.



Eng qiziqqon murabbiy: Abdulla Bo'riev (“Bunyodkor”)

Juda ham qiyin o'tgan o'yinda o'z shogirdlarining bir lahza ham xushyorlikni yo'qotmasliklari uchun tinimsiz tarzda ko'rsatmalar berib turgan Abdulla Bo'riev futzalimizdagi eng qiziqqon murabbiylardan biri. Murabbiylarning emocional harakatlarini “ilib” olish uchun ko'pincha vaziyatini poylaysiz, Abdulla Bo'rievda esa ortiqcha kutib turishingiz shart emas, doimo qiziqqonlikni namoyish etib turadilar.



Eng yaxshi o'yinchi: Javlon Anorov (“Olmaliq”)

Birinchi kuni “Olmaliq”ning boshqa bir o'yinchisi Andrey SHlema eng yaxshi bo'lgan edi, bugun esa uning jamoadoshi Javlon Anorovni kunning eng yaxshi futzalchisi deb topdik. Javlon raqib darvozasiga uchta to'p kiritdi va o'yin davomida juda ham faol bo'ldi.



Eng chiroyli gol: Davron Abduraxmonov (“Ardus”)

Bugungi o'yinda Davron Abduraxmonov chirchiqliklar darvozasiga ikkita to'p kiritdi, biz uning birinchi golini kun goli deb topdik. O'tkir burchakdan berilgan zarba chiroyli golga aylandi.



Eng yaxshi darvozabon: Oleg Tukmakov (“Lokomotiv”)

Toshkent derbisida “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alabada darvozabonning ulushi katta bo'ldi. U o'yin davomida raqibning ko'plab golli vaziyatlarini yo'qqa chiqara oldi. Uchrashuv oxirlarida o'zi ham gol urishga urinib ko'rdi, lekin aniqlik etishmadi.



Eng yaxshi jamoa: “Lokomotiv”

O'tgan mavsumdagi chempion bo'lgan tarkibning juda katta qismi o'zgarib ketganiga qaramay “temiryo'lchilar” autsayderga aylanib qolishmadi. Ko'plab yangi o'yinchilar harakat qilganiga qaramay, raqibga hech qanday imkon qoldirilmadi.



Eng omadsiz jamoa: “Bunyodkor”

Kechagi kunning eng omadsiz jamoasi – “Bunyodkor”. Uchrashuv davomida 1:1 hisobi ushlanib turdi, buning ustiga raqibdan ko'ra ko'proq hujumlar uyushtirilayotgan edi. Ammo, 39 daqiqada to'p o'tkazib yuborildi va klub ochkosiz qolib ketdi.



Endi esa ikkinchi kunning ramziy terma jamoasini ko'rib chiqishingiz mumkin.

Darvozabon: Oleg Tukmakov (“Lokomotiv”)
O'yinchilar: Artur Yunusov (“Ardus”), G'ulom Mamajonov (“Nasaf”), Javlon Anorov (“Olmaliq”), Sanjar Ziyaxanov (“Lokomotiv”)
Zahiradagi o'yinchilar: Davron Abduraxmonov (“Ardus”), Andrey SHlema (“Olmaliq”), Sarvar SHoaxmedov (“Lokomotiv”), Rashid Jabborov (“Kogon”)


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика