So’nggi yangiliklar

18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  1 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  19 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  7

Futzal. Dilshod Rahmatov: “Jahon chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Futzal. Dilshod Rahmatov: “Jahon chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz”

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati va kubogi bahslari o'z yakuniga etdi. “Olmaliq” klubi ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston chempioni bo'ldi.

“Ardus” esa ketma-ket ikki yil O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. “Ardus” va O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Rahmatov o'tgan mavsumning eng yaxshi futzalisi deb tan olindi. Biz Rahmatov bilan bog'lanib undan intervyu oldik.

- Yakuniga etgan mavsum haqida fikrlaringiz. Oliy liga guruh bosqichida qanday qiyinchiliklar bo'ldi?
- Mavsum yomon o'tmadi deb o'ylayman. “Ardus” mavsumni Associaciya kubogini yutish bilan boshladi. Keyinchalik O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritdik. Guruh bosqichiga kelganda qiyinchiliklar bo'ldi. Ayniqsa “Do'stlik AIN” bilan bo'lgan dastlabki ikki uchrashuv juda qiyin o'tdi. Bu ikki bahsda himoyadagi qo'pol xatolar tufayli ulardan 9ta gol o'tkazib yubordik. So'nggi hal qiluvchi o'yindagina o'zimizga keldik va 7:2 hisobida g'alaba qozondik.



- “Ardus” kubok finalida “Olmaliq”ni mag'lub etdi. Mana shu uchta final haqida...
- Kubok finalida “Olmaliq”ning xatolaridan foydalandik. Menimcha ularda charchoq alomatlari sezildi. Sababi men bu jamoa bundan ham yaxshiroq o'ynay olishiga ishonaman.  Finalda taktikamizni biroz o'zgartirdik. Xose Mariya Mendez himoyaviy o'yin uslubini tanladi va adashmadi deb o'ylayman. SHu bois qarshi hujum va standart vaziyatlardan foydalandik.

- CHempionat finalida esa omad “Olmaliq”qa kulib boqdi. Nima sababli Ardus mag'lub bo'ldi deb o'ylaysiz?
- CHempionat finalida ham xuddi Kubok o'yinida bo'lgani kabi himoyaviy o'yin tashkil qildik. Bu birinchi o'yinda o'z samarasini berdi va 3:0 hisobida g'alaba qozondik.

Ikkinchi uchrashuvda himoyadagi xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik va oldinga intildik. “Olmaliq” esa qarshi hujumdan foydalandi va gollar urdi. To'g'risi “Olmaliq” bilan o'yin uslubimiz standart vaziyatlarimiz bir xil edi. Faqat raqib bizga qaraganda g'alabaga ko'proq intildi. Yigitlarning ko'zi yonib turgandi. Bir so'z bilan aytganda ularda g'alabaga bo'lgan xohish biznikidan kuchli edi. “Olmaliq”ni chempionlik bilan tabriklayman va Osiyo chempionlar ligasida jamoaga omad tilayman. Ular O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishadi deb o'ylayman.



-  Mavsumning eng yaxshi futzalchisi bo'ldingiz. Bu nomga yana kimlar loyiq edi deb o'ylaysiz?
- To'g'risi mavsumning eng yaxshi fuzalchisi sovrinini olaman deb umuman kutmagandim. Eng asosiysi jamoamning g'alabasi edi. Bu nomga chempionatimizdagi hamma futzalchilar loyig' edi deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib jamoadoshlarimga va muxlislarimizga rahmat etaman. Futzal jamoaviy o'yin, sheriklarim bo'lmaganida bu sovringa ega bo'lmasdim. SHu bois yutuq butun jamoaniki.

- SHaxsan siz uchun mavsumning eng qiyin o'yini qaysi bo'ldi?
- CHempionat va Kubok bahslarida juda ko'p o'yinlar qiyin o'tdi. Har bir jamoa o'zini ko'rsatishga va g'alaba qozonishga intildi. SHaxsan men uchun guruh bosqichida “Do'stlik AIN” bilan bo'lgan uchrashuv eng qiyini bo'ldi. Qarshi klubi bir necha yildan buyon bizga qarshi juda yaxshi o'ynab keladi.

- CHempionatda qaysi yosh futbolchilar kashifyot bo'lishdi?
- CHempionatimizda yosh futzalchilar juda ko'p. Yildan yilga yosh futzalchilar ko'payib bormoqda. Bundan xursandman, chunki milliy terma jamoa kelajagi aynan shu yoshlar hisoblanadi. Alohida yoshlarni aytib o'ta olmayman. Lekin menga “Bunyodkor” jamoasining o'yinlari yoqdi. Sababi jamoa deyarli yosh futzalchiladan tashkil topgan. Ular mavsumni 4-o'rinda yakunlashdi. Bu yomon natija emas deb o'ylayman. Keyingi yil mana shu yoshlar yanada ishonchli o'ynashlariga ishonaman.



- Fevral oyidagi Osiyo chempionatini hali unutmagan bo'lsangiz kerak...
- Buni unutib bo'larkanmi (kuladi). Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tganidan xursandman. Muxlislarimiz bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Ularga yana bir bor kattakon rahmat aytmoqchiman. Biz o'z uyimizda Jahon chempionatiga chiqishni judayam xohladik va maqsadimizga erishdik. O'zbekiston terma jamoasining kuchi bu birdamlikda. Albatta muxlislarning o'rni ham juda katta. Jahon chempionatida ishtirok etishimizdan xursandman.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday kechadi?
- O'zbekistonda mavsum yaqinda yakunlandi. Hozir qisqa muddatli tatildamiz. Iyun oyidan yig'in boshlanadi. Menimcha kuchli terma jamolar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari bo'ladi. Jahon chempionatiga qadar Osiyo, Evropa qitasining eng kuchli jamoalari bilan o'yinlarda o'zimizni sinab ko'rsak kerak. Jahon chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz va bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.
 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика