Futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 termasi Qirg'izistonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
24 fev 2017 13:00
Yangiliklar
Futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 termasi Qirg'izistonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 16–26 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o'tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'tkaziladi.
O'zbekiston termasidan tashqari futzal bo'yicha qita birinchiligida Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK)ga azo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqaga qura tashlash marosimi 30 mart kuni Bangkok shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval O'zbekiston U-20 terma jamoasi tojikistonlik tengdoshlariga qarshi ikkita bahs olib borgan. Birinchi o'yinda 6:6 hisobi qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda O'zbekiston U-20 tojikistonlik futzalchilarni 5:3 hisobida taslim qilgandi.
Malumot uchun, futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg'ulotlarga jalb qilgan edi.
Fikrlar