Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari tantanali ravishda kutib olindi
13 fev 2018 07:51
Yangiliklar


Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari tantanali ravishda kutib olindi
Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 3-o'rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo'lgandi.
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da O'zbekiston futbol Associaciyasi mutassaddilari, muxlislar, futzalchilarning yaqinlari va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Futzalchilarga Osiyo chempionatidaga yorqin o'yin va bronza medallari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi musobaqalarda bundan ham katta natijalarga erishishlariga tilak bildirildi.
SHuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Osiyo chempionati davomida ularni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytib, xalqaro maydonlarda O'zbekiston shanini munosib himoya qilishga vada berishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar